Hindiston S-400 ning yangi partiyasini olishni rejalashtirmoqda

Hindiston S-400 ning yangi partiyasini olishni rejalashtirmoqda

Hindiston 2023 yil boshida S-400 ning yangi partiyasini olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Hindiston mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib, ANI axborot agentligi xabar bermoqda:

«... S-400 ning uchinchi polk to‘plamini yetkazib berish kelasi yilning yanvar-fevral oylarida boshlanishi rejalashtirilgan...»

Hindiston avvalroq Rossiyadan olingan, mamlakatning shimoli-g‘arbiy mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash uchun joylashtirilgan ikkita polk S-400 havo mudofaa tizimlarini ishga tushirdi.

Rossiya va Hindiston o‘rtasida S-400 yetkazib berish bo‘yicha shartnoma 2018 yil oktabr oyida imzolangan. 5 ta polk to‘plamining narxi 5,43 milliard dollarni tashkil qiladi.

Tizim ballistik va qanotli raketalarni, qiruvchi samolyotlarni va uchuvchisiz uchish apparatlarini 400 kmgacha bo‘lgan masofada tutib olishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!