Hi-TECH bank bankrot deb e’lon qilindi

Hi-TECH bank bankrot deb e’lon qilindi

Markaziy bank 2023 yil 17 martdagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining Hi-TECH bankini bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorini ma’lum qildi.

“2023 yil 17 martdagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining “HI-TECH BANK” xususiy aksiyadorlik tijorat bankini bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori va Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan “HI-TECH BANK” xususiy aksiyadorlik tijorat bankining tugatish komissiyasi vakolati tugatilganligi hamda sud tomonidan M.Gizatulin tugatish boshqaruvchisi etib tayinlanganligi ma’lum qilinadi”, deyiladi Markaziy bank xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!