Harakatlar strategiyasi: besh yillik natijalar sarhisob qilindi

A A A
Harakatlar strategiyasi: besh yillik natijalar sarhisob qilindi

Joriy yilning 5 oktyabr kuni Toshkent shahrida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida «O‘zbekiston: besh yil ichidagi jadal islohotlar» mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, NNTlar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar elchilari, xalqaro va mahalliy ekspertlar, mutaxassislar hamda mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlar natijalari bo‘yicha taqdim qilgan tahliliy hisobotlar, fuqarolik jamiyat vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlarning baholari va fikrlari tinglandi.

Jumladan, Yevropa Ittifoqi Delegasiyasining boshlig‘i Sharlotta Adrian, Yevropa Kengashining Venesiya komissiyasining vise-prezidenti Filip Dimitrov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonasining rahbari Alkis Drakinos va JICA vakolatxonasining rahbari Suguru Miyadzaki, YEXHTning loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Xans-Ulrix Im va boshqalar Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlarning natijalari hamda mamlakatda boshlangan islohotlarni davom ettirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohaza va tavsiyalarini taqdim etishdi.

Tadbir davomida «Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov tomonidan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan barcha islohotlar va ularning natijalari haqidagi ma’lumotlarni sodda va ommabop ko‘rinishda o‘z ichiga joylagan Reforms.uz elektron platformasi va uning ishlash mexanizimlari taqdimoti o‘tkazildi.

– Mazkur platformani yaratish jarayonida, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining (SMTI) mutaxassislari nihoyatda katta ma’lumot hajmini – ham davlat organlarining rasmiy raqamlari va statistikasini, ham xalqaro tashkilotlarning hisobotlarini, xorijiy ekspertlar va fuqarolik jamiyatining baholashlarini o‘rganib chiqdi. Jumladan, 70 dan ortiq vazirlik va idoralar tomonidan taqdim qilingan 1 200 dan ziyod hujjatlar ichidan 400 dan ortiq eng muhimlari saralab olinib, ushbu ma’lumotlar barcha uchun tushunarli bo‘lgan xalqona tilda platformaga joylashtirildi.

Endilikda, Reforms.uz platformasi orqali mamlakatimizning har bir fuqarosi o‘zini qiziqtiruvchi muayyan mavzu bo‘yicha islohotlarning natijasi bilan tanishib chiqishi mumkin. Platformadagi barcha raqamlar taqqoslanuvchi shaklda keltirilgan bo‘lib, kuzatuvchilar 1991 yildan 2016 yilgacha va 2017 yildan 2021 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi barcha ma’lumotlarni taqqoslab ko‘rishlari mumkin. Eng muhimi, ma’lumotlar platformaga o‘zbek, rus va ingliz tillarida joylashtirilgan.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish borasida bir qator ma’muriy islohotlar amalga oshirildi. Xususan, 110 ta samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan idoralararo organlar faoliyati tugatildi. 10 ta yangi vazirlik va idoralar tuzilib, 6 ta davlat funksiyasi xususiy sektorga o‘tkazildi.

2017 yildan boshlab O‘zbekistonda Xalq qabulxonalari va Prezidentning Virtual qabulxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ular aholi bilan bevosita muloqotni, tezkor javob berishni va joylarda muammolar hal etilishini ta’minlab kelmoqda. 2017 yildan 2020 yilgacha ular orqali 10,1 mln. murojaatlar o‘rganilib ijobiy hal etilgan.

Byurokratiyaga qarshi kurashish natijasida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar soni 2 barobarga (167 dan 79 gacha) qisqartirildi. 4 yil ichida «Yagona darcha» tamoyili asosida taqdim etiladigan xizmatlar soni 10 barobarga (16 dan 157 gacha) oshdi.

Konferensiyada so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov tomonidan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish uchun izchil ravishda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib 5 ta davlat dasturi qabul qilgani, ularni amalga oshirishga 114 trln. so‘m va qariyb 31 mlrd. AQSh dollari yo‘naltirilganligi, O‘zbekistonni rivojlantirish uchun jami 118 ta funtamental g‘oya ilgari surilgani hamda o‘tgan davrda Harakatlar strategiyasini ro‘yobga chiqarish uchun 311 ta qonun 2000 ga yaqin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, 3000 dan ziyod Hukumat qarorlari qabul qilinganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov o‘z chiqishida sud tizimida amalga oshirilgan bir qator islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. Unda e’tirof etilishicha, 2018 yilda fuqarolarning huquqlari va tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (yoki harakatsizligi) ishlarini ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudlar tuzildi. Ma’muriy sudlar tomonidan 2017 yildan 2021 yilning sentyabriga qadar 68 mingta ariza ko‘rib chiqilib, 44,3 mingtasi qondirildi, xususan hokimlarning 5,3 mingta qarori noqonuniy deb topildi.

2017–2020 yillarda respublikaning tashqi savdo aylanmasi 1,4 barobarga o‘sdi, inflyasiya darajasi 18,8% dan 11,1% gacha pasaydi, oltin-valyuta rezervlari 26,4 mlrd. dollardan 34,9 mlrd. dollargacha oshdi.

O‘zbekiston barcha eksport qilinadigan tovarlar va xizmatlar bo‘yicha bojxona bojlarini bekor qildi, eksport va lisenziyalash tartibi amallarini soddalashtirdi, 60% import qilinuvchi tovarlar uchun bojxona bojlarining «nol» stavkalarini belgiladi va import bojxona bojlari stavkalarini 6,45% gacha kamaytirdi. Islohotlar natijasida kichik biznes sektori sezilarli darajada o‘sdi: 2016 yilda respublikada 27 ming, 2020 yilda esa – 93 ming kichik tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tkazildi.

2017–2020 yillarda O‘zbekiston dori-darmonlar va tibbiy maqsadli buyumlar uchun 1618 mlrd. so‘m ajratdi (1991-2016 yillarda 227 mlrd. so‘m bo‘lgan). Ulardan 61,6 mlrd. so‘m qismi onkologik kasalliklarni davolash uchun dorilarga (1991-2016 yillarda 8,3 mlrd. so‘m), 217,4 mlrd. so‘m – gematologiya va onkogematologiya uchun dorilarga (1991-2016 yillarda 2,8 mlrd. so‘m) yo‘naltirilgan.

Xalq ta’limi tizimidagi islohotlar natijasida 2017–2020 yillarda 328 ta yangi maktab barpo etildi va 11 yillik majburiy maktab ta’limi tiklandi.

Maktabgacha ta’lim tizimida ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. 2016 yilda 5,2 ming bolalar bog‘chalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2020 yida ular 18,3 mingga yetdi (shu jumladan davlat bog‘chalari soni 5 mingdan 6,2 minggacha oshdi). Bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi darajasi 2020 yilda 61% ga yetdi, 2016 yilda esa 27,7% bo‘lgan edi.

O‘zbekistonda qambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda: qambag‘allik darajasi 2000 yildagi 28% dan 2020 yilda 11% gacha qisqardi. Kam ta’minlangan oilalar bolalar bog‘chalari uchun to‘lovlardan ozod etilgan, kam ta’minlangan oilalarning bolalari bo‘lgan maktab o‘quvchilari mavsumiy kiyim bilan ta’minlanmoqda.

Tadbirda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish borasida amalga oshirilgan ishlarga ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, O‘zbekiston birinchi marta diniy masalalar bo‘yicha «alohida xavotir uyg‘otuvchi» davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi. Qo‘shni davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalar mustahkamlanib, chegaralar hamda suv-energetik resurslardan foydalanishga oid masalalar tartibga solindi.

Hozir O‘zbekistonda 86 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim amal qiladi (2016 yilda u 9 ta davlat uchun amal qilar edi), respublikamiz xalqaro reytinglarda bir nechta pozisiyaga yuqoriroq ko‘tarildi.

O‘zbekistonning mudofaa salohiyati mustahkamlandi: kontrakt asosidagi harbiy xizmatchilarning ulushi 68% gacha o‘sdi (2016 yilda 37%), qo‘shinlarning zamonaviy qurol-yarog‘ bilan jihozlanishi darajasi 5 barobarga ortdi.

Shuningdek, xalqaro konferensiya ishtirokchilari tomonidan “Harakatlar strategiyasi” bugungi globallashuv sharoitida jahonda tub o‘zgarishlar kechayotgan murakkab bir vaziyatda, O‘zbekiston uchun siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning eng muhim besh ustuvor yo‘nalishini amalga oshirishning yaqin istiqbolga mo‘ljallangan muhim milliy strategik hujjati ekanligi amalda to‘laqonli o‘z aksini topganligi e’tirof etildi.

Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilar sessiyalarga bo‘lingan holda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga mo‘ljallangan beshta yo‘nalish doirasida soha mutaxassislari bilan erishilgan natijalarni tahlil qilishdi, galdagi vazifalar yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini ishlab chiqishdi.

Har bir sessiya yakunida qizg‘in muhokamalar o‘tkazildi. Konferensiya yakunida xorijiy va mahalliy ekspertlar o‘zlarining fikr-mulohazalari bilan ham o‘rtoqlashishdi.

Harakatlar strategiyasi: besh yillik natijalar sarhisob qilindiHarakatlar strategiyasi: besh yillik natijalar sarhisob qilindiHarakatlar strategiyasi: besh yillik natijalar sarhisob qilindiHarakatlar strategiyasi: besh yillik natijalar sarhisob qilindiHarakatlar strategiyasi: besh yillik natijalar sarhisob qilindiHarakatlar strategiyasi: besh yillik natijalar sarhisob qilindi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Dollar va yevro keskin ko‘tarildi

Марказий банк 2025 йил 13 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Yurtimizda yana bir poraxo‘r amaldor qo‘lga tushdi!

Унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Ukraina kutilmaganda havo jangida g‘alaba qozondi: F-16 Rossiyaning Su-35 samolyotini urib tushirdi

Украина ҳаво жангида тарихий ғалабага эришди: тарихда биринчи марта Ғарбий F-16 қирувчиси Россиянинг Су-35 Фланкер самолётини уриб туширди.

Dollar kursida shiddatli pasayish kuzatildi

Марказий банк 2025 йил 10 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

“Keling, shunday kelishaylik: Biz Ukrainada bunday raketalarni ma’lum miqdorda joylashtiramiz"

АҚШ 2021 йилда Россиянинг Украина бетарафлигини эълон қилиш таклифидан бош тортган

AQSh moliya vaziri Ilon Maskning ko‘zini ko‘kartirdi

Бессент шунингдек, Маскни фирибгар деб атади

Kreml "yonmoqda" - Serbiya Ukrainaga yaqindan yordam bermoqchi

Бу ҳақда мамлакат президенти Александр Вучич маълум қилди.

O‘zbekiston bilan o‘yindan so‘ng BAA terma jamoasidan ikki futbolchi haydaldi

Эслaтиб ўтамиз, 5-июнь куни Ўзбекистон БАА билан 0:0 ҳисобида дуранг ўйнаб, тарихда илк бор ЖЧга йўл олди.

Xitoy sement zavodlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarni siqib chiqarmoqda

Ўзбекистондаги цемент бозорида хитой компанияларининг устунлиги кучаймоқда. Нарҳлар пасайган бўлса-да, бу маҳаллий ишлаб чиқарувчиларни қисман таназзулга учратмоқда. Айрим корхоналар фаолиятини тўхтатган ёки катта зарар билан ишламоқда.

Uh! Isroil Eronga hujum qildi

Бу ҳақда Axios интернет портали хабар берди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

Eron Isroilning F-35 qiruvchi samolyotlarini urib tushirdi

Бу ҳақда Эроннинг Tasnim ахборот агентлиги хабар берди.

Eronning Isroilga bo‘lajak zarbalarida 2000 ga yaqin raketa uchirilishi mumkin — Al Arabiya

Эрон Исроил ҳудудига зарба беришни давом эттириш ниятида ва мамлакат аллақачон кўрилган чоралар билан чекланмайди, дея маълум қилди Fars агентлиги.

Eron armiyasi ko‘r, kar va soqov bo‘lib chiqdi

Исроил ҳаво кучлари Эрондаги 100 га яқин нишонга ҳужум қилиш учун 200 га яқин самолётдан фойдаланган ва бирортасини ҳам йўқотмаган.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Eron maxsus kuchlari urib tushirilgan uchinchi Isroil samolyoti uchuvchisini qo‘lga oldi

Ҳозирча ҳеч қандай расмий тасдиқ йўқ.

Eron rasmiylari Isroilga «axborot yordami» uchun o‘lim jazosi bilan tahdid qilmoqda

Эронда Ислом инқилоби муҳофизлари корпуси (ИИМК) ахборот тарқатиш фаолиятини кескин чеклаб, Исроил манфаатига хизмат қиладиган ҳар қандай хабар ёки ҳамкорлик ўлим жазоси билан жазоланишини эълон қилди. Бу баёнот маҳаллий ва халқаро журналистлар фаолиятини жиддий хавф остига қўяди.

Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli O‘zbekistonda ayrim reyslar bekor qilindi

Эрон ва Исроил ўртасидаги ҳарбий тартибсизликлар оқибатида Ўзбекистон авиакомпаниялари айрим парвозларни ўзгартириш ёки бекор қилишга мажбур бўлди. Хавфсизлик нуқтайи назаридан бир қатор давлатлар ҳаво ҳудуди вақтинча ёпилди.

Isroil Eron harbiy-havo kuchlarining ikkita bazasiga zarba berdi

Бу ҳақда армия матбуот хизмати баёнотида айтилган.

Namanganda valyutafurushdan 41,2 mln so‘m jinoiy jarima undirildi

Фуқаро О. А ҳам ноқонуний валюта савдоси билан шуғулланганда ҳуқуқни муҳофаза қилиш идора ходимлари томонидан фаолиятига чек қўйилган.

"AQSh Isroil amaliyoti Erondagi hukumatni o‘zgartirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin"

Трамп Исроилнинг ҳаракатларини ижобий баҳолаб, ЦАХАЛ “дунёдаги энг яхши қуроллардан, яъни Америка қуролларидан” фойдаланганини таъкидлади.

Isroil Eronning Fordodagi yadroviy ob’ektiga zarba berdi

Исроил Эроннинг жавоб зарбаси жуда оғир бўлиши мумкинлигини тушунади, оқибатларни минималлаштиришга тайёрланмоқда, деди Исроил бош вазири.

Eronning yana bir yuqori martabali amaldori o‘ldirildi

Генерал Қааний 2020 йилда АҚШ ҳужуми оқибатида ўлдирилган Қосим Сулаймоний ўрнига ушбу лавозимга тайинланган эди.

SAXAL bir qator havo hujumlari natijasida Eronning raketa infratuzilmasiga tegishli ob’ektlar yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Ҳужум қилинган объектлардан бирида контейнер кўринишида ниқобланган ўзига хос учириш механизми жойлаштирилгани аниқланган.

Isroilning kiberxujumi ortidan Eron armiyasi “ko‘r, kar va soqov” bo‘lib qolgan

Қайд этилишича, бўлинмалар ўртасидаги алоқа, рациялар, пейжерлар ва мобил телефонлар ҳам ишдан чиққан

Isroilning Eronga hujumidan so‘ng AQSh o‘z harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubormoqda

Манбаларга кўра, АҚШ ҳарбий-денгиз кучлари USS Thomas Hudner эсминецини Шарқий Ўрта ер денгизи томон йўллаган.

Rossiya mingdan oshiq jasadlarni Ukrainaga topshirdi

Ҳарбий асирлар бўйича мувофиқлаштирувчи штаб ўзининг Телеграм-каналида 1200 нафар ҳалок бўлган украиналиклар жасади қайтарилгани ҳақида эълон қилди.

Netanyaxu ma’muriyati dunyoni falokatga tortayotgani xavotirli — Erdog‘an

Туркия раҳбари халқаро ҳамжамиятни “глобал ва минтақавий барқарорликка таҳдид солаётган Исроил бандитизмига чек қўйиш”га чақирди.

Iroq BMT Xavfsizlik Kengashiga Isroil havo hududini buzganidan shikoyat qilmoqda

Бу ҳақда Ироқ ташқи ишлар вазирлиги маълум қилди.

Isroilning Eronga qarshi amaliyoti qancha davom etadi?

Исроил икки ҳафта давомида Эронда операция ўтказишни режалаштирмоқда. Бу ҳақда Wall Street Journal хабар бермоқда.

Turkiya Eron, Iroq, Suriya va Iordaniyaga parvozlarni bekor qildi

Исроилнинг Эронга ҳаво ҳужуми уюштирганидан кейин минтақадаги хавфсизлик хавотирлари кучайгани учун Туркия бир қатор давлатларга парвозларни вақтинча тўхтатди.

Tramp Isroilning hujumiga yuqori baho berdi — ABC News

У ҳужумни “ажойиб” деб атади ва олдинда “ҳали кўп нарсалар бўлади” деб айтди.

Isroilning Tehronga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 78 kishi halok bo‘ldi, yana 329 kishi yaralandi — Fars

The Wall Street Journal маълум қилишича, Исроил келаси 14 кун ичида Эронга янги ҳужумлар уюштириши мумкин.

"Yashil chiroq" yoqildi: Isroil Eronga hujumni davom ettirmoqda

Исроилнинг "Channel 14" телеканали маълум қилишича, Исроил ҳарбий-ҳаво кучлари Эронга қарши ҳужумларни қайтадан бошлаган.

Isfahon va Fordo yadroviy ob’ektlari talafot ko‘rmadi — MAGATE

Халқаро атом энергияси агентлиги (МАГАТЭ) маълумотига кўра, Фордо уранни бойитиш корхонаси ва Исфаҳондаги ядровий объект Исроил зарбаларидан талафот кўрмаган.

Eronliklar ko‘chalarda: ular Isroilga qarshi zarba berishni talab qilishmoqda (VIDEO)

Минглаб Теҳрон ва бошқа Эрон шаҳарлари аҳолиси кўчаларга чиқиб, Исроилнинг ҳаракатларига қарши норозилик билдирди.