«Hammaga rahmat aytaman». Ronalduning muxlislarga xayrlashuv maktubi

«Hammaga rahmat aytaman». Ronalduning muxlislarga xayrlashuv maktubi

Jamoa rasmiy sayti Ronalduning xayrlashuv xatini e’lon qildi.

«Real»dagi yillar, balki, hayotimdagi eng baxtli damlarimdir. Men klub va shaharga faqat va faqat ulkan minnatdorchilik bildira olaman. Ulardan olgan sevgi-muhabbatim uchun hammaga tashakkur aytaman.

Shunga qaramay hayotimda yangi bosqichni boshlash vaqti yetdi deb o‘ylayman. Aynan shu boisdan ham klubdan meni qo‘yib yuborishlarini so‘radim. Barcha muxlislardan tushunishlarini so‘rardim. Ishqibozlar butun to‘qqiz yilda ham ajoyib edi. Bu o‘zgacha to‘qqiz yil maftunkor davr edi.

Jamoada ajoyib sheriklarga ega bo‘ldim. Birgalikda qatorasida ketma-ket 3 yil Chempionlar Ligasini yutdik. Besh yilda esa 4 marta! Ular sabab 4 ta «Oltin to‘p», 3 ta «Oltin butsa»ga erishdim. Bu davr mobaynida ulkan klubda bo‘ldim.

«Real Madrid» qalbimni zabt etdi. Klub, prezident, direktorlar, jamoadoshlar, shifokorlar, fizioterapevtlar va barcha xizmatchi-xodimlarga rahmat deb qolaman.

Juda ko‘p o‘yladim va ketish vaqti yetganini bildim. Men ketaman, ammo bu libos va «Santyago Bernabeu» qayerda bo‘lmayin, avvalgidek men bilan qolaveradi. Hammaga 9 yil oldin stadionda birinchi aytgan gapimni aytaman — «Hala Madrid».

Krishtianu Ronaldu, futbolchi

33 yoshli portugaliyalik 2009 yilda «Manchester Yunayted»dan «Real»ga o‘tgandi. O‘shanda madridliklar futbolchi uchun 93 million yevro to‘lagandi.

Ispan klubi bilan Ronaldu 13 ta unvonni qo‘lga kiritdi. U to‘rt marta Chempionlar Ligasini, ikki martadan Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi, Ispaniya Superkubogini, uch marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Umumiy hisobda Ronaldu «Real»da 438 ta uchrashuv o‘tkazib, 450 ta gol kiritgan. Klub uchun undan ko‘p gol kiritgan futbolchi yo‘q.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!