Haj vaqti jazirama tufayli kamida 550 kishi halok bo‘ldi

Haj vaqti jazirama tufayli kamida 550 kishi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonida kamida 550 nafar ziyoratchi haj vaqtida jazirama tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda ismini oshkor etmagan arab davlatlarining diplomatik doiralaridagi manbalariga tayanib, The Guardian xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jasadlar Makkadagi eng yirik o‘likxonalardan biriga yetkazilgan, qurbonlarning 323 nafari Misr fuqarolari, 60 nafari esa iordaniyaliklar hisoblanadi. Bu yil haj vaqtida Makkada havo harorati deyarli 52 darajaga yetmoqda.

Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi havo harorati keskin ko‘tarilishidan ogohlantirgan va ziyoratchilardan soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda bo‘lmaslikni so‘ragan.

  • 16 iyun kuni Saudiya Arabistonida Iordaniyadan kelgan 14 nafar ziyoratchi halok bo‘lgani, yana 17 nafari bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi.
  • O‘limga asosan issiqlik yoki tiqilinch sabab bo‘lgan.
  • Hozirda Makkada 1,8 milliondan ortiq ziyoratchi haj amalini ado etmoqda

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!