Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanalining suvi nega to‘xtatildi?

Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanalining suvi nega to‘xtatildi?

Guliston shahridan oqib o‘tuvchi, o‘zani O‘zbekistondagi “Farhod” gidroelektrostansiyasi hududidan boshlanib Qozog‘iston Respublikasida tugaydigan “Do‘stlik” kanalidan suv uzatish vaqtincha to‘xtatildi. Sababi mazkur irrigasiya tarmog‘ining Sirdaryo viloyati markazidagi qismini betonlashtirish ishlarining navbatdagi bosqichiga kirishildi.

Bundan avval kanalning bir kilometrlik masofasi yaxlit, 2 kilometr 360 metrlik qismida ikki qirg‘oq betonlashtirilgan edi. Bugun ana shu keng ko‘lamli ishlar tufayli shahar markazi, 1 va 2-mavzelar, Do‘stlik qo‘rg‘oni, Guliston davlat universiteti hududlarida sizot suvlar ancha pastlab, yerning meliorativ holati butunlay yaxshilangan. Qolaversa ko‘pqavatli uylarning yerto‘lalarida suv to‘planishiga ham barham berildi. Bir vaqtlar chivinlar makoni bo‘lgan kanal atrofi obodolashtirilib, so‘lim xiyobonlar tashkil etildi.

Ayni chog‘da Toʻpalang HPD Water Construction unitar korxonasi tomonidan kanalning yana 1405 metrlik masofasidagi qirg‘oqlarini nam o‘tkazmaydigan maxsus sement vositasida betonlashtirish ishlari olib borilyapti. Ushbu bosqich bajarilgach shaharning 3, 4, 5 –mavzelarida ham meliorativ holat yanada yaxshilanadi.

Ma’lumot uchun, “Do‘stlik” kanalining ilk o‘zanini qazish 1903 yilda boshlangan, 1913 yilning 18 oktyabrida esa foydalanishga topshirilgan. O‘shanda u orqali hozirgi Boyovut tumani hududidagi yerlarga suv keltirilgan. Mutaxassislarning aytishicha, hozir kanalning bir yillik suv o‘tkazish quvvati 2,5 milliard metr kubga teng.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!