AQShda yashash va ishlash huquqini beradigan Green Card lotereyasining DV-2021 dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tganlar javoblarni 6 iyundan boshlab tekshirishlari mumkin bo‘ladi. AQSh davlat departamenti saytida bu borada eslatma berilgan.
2019 yil 2 oktyabrdan 5 noyabrgacha bo‘lgan vaqtda ro‘yxatdan o‘tganlar javoblarni AQSh davlat departamenti saytida ishtirokchilar tasdiqlov raqamlarini 2021 yil 30 sentyabrgacha saqlab qo‘yishi kerakligi eslatilgan. Agar siz ham yuqorida ko‘rsatilgan muddatda Green Card lotereyasi uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, javoblarni 6 iyundan boshlab quyidagi manzilda (http://dvprogram.state.gov/) tekshirishingiz mumkin.
AQSh davlat departamenti lotereya uchun faqat va faqat ismi ko‘rsatilgan odamning o‘zi tashkilot saytida ro‘yxatdan o‘tishi kerakligini eslatib keladi. Ammo ko‘plab mamlakatlarda, xususan O‘zbekistonda ham ko‘pchilik Green Card uchun ro‘yxatdan o‘tishni murakkab jarayon deb hisoblab, o‘z nomidan ro‘yxatdan o‘tishni maxsus firmalarga ishonishadi. Bunday hollarda lotereya javobini bilish uchun hech qanday pul talab qilinmasligini, javoblar faqat va faqat AQSh davlat departamenti saytida (http://dvprogram.state.gov/) e’lon qilinishini unutmaslik kerak.
Ma’lumot uchun, AQSh davlat departamenti bu yilgi Green Card lotereyasi g‘oliblarini e’lon qilish muddatini 5 maydan 6 iyunga ko‘chirishga qaror qilgandi. Shuningdek, ayni damda AQShda yashash va ishlash uchun viza berish vaqtincha to‘xtatilgan va cheklov 22 iyungacha amal qiladi. Shu bois cheklov bu yilgi Green Card g‘oliblariga ta’sir qilmaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Кушнер бу ҳақда 19 ноябрь куни Берлинда Европа давлатлари етакчилари ва Украина президенти Владимир Зеленский иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида гапирди.
Сўнгги йилларда Тошкент шаҳрида аҳоли сони ва шаҳар инфратузилмаси кенгайиши билан жамоат транспортига, хусусан, метрополитенга бўлган талаб ҳам ортиб бормоқда.
"Луч" конструкторлик бюроси раҳбари Олег Коростеловнинг айтишича, жорий йилда бир неча юзта "Нептун" ракетаси ишлаб чиқарилади, бироқ уларнинг сони мингтага етмайди.
The Wall Street Journal'нинг хабар беришича, Доналд Трамп иккинчи муддатга Оқ уйга қайтганидан кейин ҳам Ким Чен Ин билан алоқаларни тиклашга уринишларни давом эттиряпти
Европа конституциявий ва инсон ҳуқуқлари маркази (ECCHR) Моссаднинг собиқ раҳбари Давид Барнеага қарши Ливанда содир этилган деб баҳоланаётган «ҳарбий жиноятлар» бўйича жиноий шикоят берди.
Хитой раҳбари Россия, АҚШ ва Хитой етакчилари иштирокидаги уч томонлама учрашувда ядровий қуролларни тақиқлаш ва уларни тўлиқ йўқ қилиш зарурлигини таъкидлади.
Ҳар бир манзилнинг ўзига хос таъми унинг тарихи, маданияти ва турмуш тарзини намоён этади. Яқинда эълон қилинган саёҳат тенденциялари ҳисоботига кўра, сўров қатнашчиларининг 82 фоизи маҳаллий ҳаётда бевосита иштирок этиш ўша халқ маданиятини чуқурроқ англашга ёрдам беришини таъкидлаган.