Germaniyada qochoqlarga hujumlar soni 3 baravar kamaydi

Germaniyada qochoqlarga hujumlar soni 3 baravar kamaydi

Joriy yilning yanvar—sentyabr oylarida Germaniyada muhojirlar joylashtirilgan joylarda 2017 yilning shu davriga nisbatan 44 foiz kamroq hujum qayd etilgan.

2017 yilda Germaniyada har uch oyda o‘rtacha 80 tadan ko‘proq shunday hujumlar amalga oshirilgan, bu yil esa bunday holatlar soni 36 tani tashkil qilgan.

Shu bilan bir vaqtda, bunday jinoyatlar bo‘yicha ba’zi xabarlar kech yetib keladi.

2017 yilda butun Germaniya bo‘yicha qochoqlar joylashtirilgan joylarda jami 312 ta hujun qayd etilgan. 2016 yilda bunday holatlar soni 995 taga teng bo‘lgan bo‘lsa, mamlakatda migrasion inqiroz o‘z cho‘qqsiga chiqqan vaqtda 1031 ta holat kuzatilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!