Germaniya rahbarlari AQShning kuzatuvi ostida bo‘lganmi?

Germaniya rahbarlari AQShning kuzatuvi ostida bo‘lganmi?

Süddeutsche Zeitung nashrining yozishicha, Daniya razvedkasi 2012-2014 yillarda AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga ayrim yevropalik siyosatchilarni kuzatishga yordam bergan.

Xususan, amerikaliklar Germaniya kansleri Angela Merkel, o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri va hozirgi prezident Frank-Valter Shtaynmayer hamda Sosial-demokratlar partiyasidan kanslerlikka nomzod Peer Shtaynbryukni kuzatib borgan.

Daniya razvedkasi amerikaliklarga Konpengagen yaqinidagi maxsus stansiyaga kirish imkoniyatini bergan, u yerda siyosatchilarning suhbatlarini tinglash va internet provayderlarining suv osti kabellariga bog‘lanish imkoniyati bo‘lgan.

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi bilan hamkorlik haqida Daniya hukumatiga 2015 yildagina ma’lumot berilgan. Hukumatga taqdim etilgan maxsus hisobotda Daniya razkedkasi Shvesiya, Norvegiya, Niderlandiya, Fransiya va Germaniya siyosatchilarini kuzatishda AQShga ko‘maklashgani aytilgan. Shundan so‘ng razvedka rahbari iste’fo berishga majbur bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!