Gaz va elektrdan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi

Gaz va elektrdan noqonuniy foydalanganlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi GTF Samarqand filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro L.S. Urgut erkin iqtisodiy zonasiga tegishli hududda ohak ishlab chiqarish hamda tovuq boqish faoliyati bilan shug‘ullanib, ohak pishirish pechlari va isitish tizimini gaz quvuriga yashirincha ulab, 729,9 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro K.E. xonadonida tashkil etgan yashirin sexda elektr pechlarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, 430,2 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro E.D. “Nafis” MFYdagi uyida tashkil etgan issiqxonani umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulab, 108 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilishlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 875,8 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!