"Gaz baloni"ning portlashi odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi

"Gaz baloni"ning portlashi odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi

Kecha, 18.10.2019 yil soat 06:20 larda fuqaro Sarvar M. boshqaruvida bo‘lgan "Nexia" rusumli avtomashinani "Navoiy-Zarafshon" yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borishi davomida, avtomashinaga o‘rnatilgan "gaz baloni" portlab ketishi oqibatida avtomashina haydovchisi Sarvar M.  (1959 y.t. nafaqada) va yo‘lovchi Rustam M. (1987 y.t.) voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, yo‘lovchi Manzura B. (1937 y.t.) og‘ir tan jarohati olib Konimex tumani shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!