G‘allaoroldagi ota uyni aliment evaziga hadya qildi

G‘allaoroldagi ota uyni aliment evaziga hadya qildi

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan qarzdor shaxslarning aliment undiruvlarini o‘z vaqtida to‘lab borishi bo‘yicha tushuntirish olib borilmoqda.
Natijada, ayrim otalar tomonidan farzandlari uchun aliment to‘lovlarni oldindan bartaraf etishmoqda.
Xususan, G‘allaorol tumani “Olimlar” mahallasida yashovchi E.J.dan, fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining 29.10.2019 yildagi sud buyrug‘i bilan undiruvchi K.J. foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun xar oylik ish haqqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdoridan aliment undirish belgilangan.
MIB G‘allaorol tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida E.J. aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi uchun unga nisbatana ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ish ochildi, bundan ham xulosa qilmagach, jinoyattishi ham qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi bo‘yicha Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Baxmal tuman sudiga yuborilgan.
Sud majlisi davomida E.J. o‘z qilshmishini anglab yetib, 2 nafar farzandlarining kelajagini o‘ylab, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib, farzandlarining voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment mablag‘lari evaziga Olimlar mahallasidagi uyni turmush o‘rtog‘i K.J. ga olib bergan.
Shundan so‘ng mazkur ijro hujjatining ijrosi ta’minlanib, ish yurituvdan tamomlangan.
Bugungi kunda Majburiy ijro byurosi tomonidan olib borilgan tushintirish ishlarida oila muqaddasligi, voyaga yetayotgan farzandlarning taqdiriga befarq bo‘lmaslik, ularning kelajakda vatan uchun kerakli inson bo‘lib yetishishi va hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida ota-ona birdek ma’sul ekanligi muntazam tushuntirib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!