G7 tashqi ishlar vazirlari: Shimoliy Koreya hech qachon yadroviy quvvatga ega bo‘lmaydi

G7 tashqi ishlar vazirlari: Shimoliy Koreya hech qachon yadroviy quvvatga ega bo‘lmaydi

Katta yettilik tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonotida KXDR hech qachon Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq yadroviy davlat maqomini olmasligini ta’kidladi.

“Shimoliy Koreya Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq yadroviy davlat maqomini olmagan va hech qachon olmaydi”, — deb yozadi “RIA Novosti” hujjat matniga tayanib.

Bayonotda, shuningdek, Shimoliy Koreyani yadrosizlanish uchun mazmunli diplomatiya bilan shug‘ullanishga va Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya tomonidan ilgari surilgan muloqot bo‘yicha takroriy takliflarni qabul qilishga chaqiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!