Fransiyada keksa ayol “bekorchilikdan” o‘yinchoq do‘konlarini o‘margan

Fransiyada keksa ayol “bekorchilikdan” o‘yinchoq do‘konlarini o‘margan

Parij polisiyasi o‘yinchoq do‘konlarida 700 dan ko‘proq o‘g‘irlikni amalga oshirgan 72 yoshli ayolni qo‘lga oldi.

Ta’kidlanishicha, keksa ayol o‘g‘irlangan tovarlarni internetda sotgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, pensioner ayol 2018 yil iyunidan boshlab internetda o‘yinchoqlar sotilishi haqida 957 ta e’lon joylashtirgan. U o‘yinchoqlarni yangi va original qutida, deya ta’riflagan. Polisiya ayolning uyini tintuv qilganda mingga yaqin turli buyum va 40 ming yevro naqd pul aniqlagan.

Ayolning aytishicha, u bu qilmishini asosan “bekorchilikdan” qilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!