Fransiyada Abu Ali ibn Sino haykali o‘rnatildi

Fransiyada Abu Ali ibn Sino haykali o‘rnatildi

Joriy yilning 17 aprel kuni Fransiyaning Ryuey-Malmezon shahridagi Do‘stlik parkida o‘zbek bog‘i va buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino sharafiga yodgorlik haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev boshchiligidagi delegasiyaning Fransiyaga tashrif jarayonida delegasiya a’zolari Ryuey-Malmezon va Buxoro shaharlari o‘rtasida 20 yildan buyon davom etib kelayotgan birodarlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo‘nalishlari haqida muzokaralar o‘tkazishgan.

Anjumanda Buxoroning musiqa va raqs san’ati noyob namunalari namoyish etildi va unda 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Shaharda delegasiya a’zolari uchun biznes Forum ham tashkil etildi.

Shuningdek, Fransiyada energetika, vinochilik, savdo va turizm yo‘nalishida yetakchi kompaniyalarning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!