Fransiya O‘zbekistonga "Olmaxon" nomli vertolyotlarni yetkazib beradi
Fransiyaning Airbus aviasozlik kompaniyasi O‘zbekistonga 34 dona vertolyot yetkazib beradi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekiston havo yo‘llari matbuot-xizmati vakili so‘zlariga ko‘ra, ushbu vertolyotlar kompaniya uchun emas, balki davlat darajasida xarid qilinmoqda.
Toshkentda tashrif bilan bo‘lib turgan Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri huzuridagi davlat kotibi Jan-Batist Lemuan OAV vakillari bilan uchrashuvda vertolyotlar modellari xususida to‘xtalgan.
Lemuanning so‘zlariga ko‘ra, gap cureuil ( Olmaxon ) haqida bormoqda. Bu vertolyot baland tog‘ tizmalari va issiq iqlim sharoitiga ega hududlarda ekspluatasiya qilishga mo‘ljallangan. Ushbu mashinadan, ishlab chiqaruvchilar ma’lumotiga keng ko‘lamdagi masalalarni hal etish uchun ishlatiladi: xususan, yong‘inni o‘chirish, elektro‘tkazgich liniyalarini monitoring qilish, yuklarni ko‘tarish, ekinlarni dorilash va geologorazvedka singari ishlarda.