Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “rekord o‘rnatdi”

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “rekord o‘rnatdi”

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning BMT Bosh assambleyasi 75-sessiyasining umumiy siyosiy bahsidagi nutqi 48 daqiqa davom etdi.

Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Nutqi davomida Makron xalqaro kun tartibidagi muhim mavzularga to‘xtaldi: COVID-19 pandemiyasidan tortib Rossiya oppozisiyasi rahbari Aleksey Navalniy bilan bo‘lgan vaziyatgacha.

Eng qisqa ma’ruzalar - har biri 6 daqiqadan iborat bo‘lib, Vengriya va Mo‘g‘uliston vakillari tomonidan berildi.

Ma’lumot o‘rnida, eng uzun nutq rekordi Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroga tegishli bo‘lib, u 1960 yilda BMT Bosh assambleyasi minbaridan 4 soat 29 minut davomida nutq so‘zlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!