Fransiya Jazoirda qiynoqlar tizimli ravishda qo‘llanganini tan oldi

Fransiya Jazoirda qiynoqlar tizimli ravishda qo‘llanganini tan oldi

Jazoir urushi paytida qiynoqlarga imkon beruvchi bir tizim qo‘llangani Fransiya tomonidan tan olindi, deya xabar bermoqda VVS.

Fransiya prezidenti ma’muriyati tomonidan tarqatilgan bayonotda aytilishicha, 1954-1962 yillardagi urush chog‘ida Jazoirda tartibni saqlash uchun armiyaga alohida vakolat berilgan, shu tariqa qiynoqlarga va boshqa dahshatli harakatlarga zamin hozirlangan. 

Urush tufayli 1,5 million jazoirlik halok bo‘lgan va alal-oqibat 130 yil davom etgan mustamlaka davri nihoyasiga yetgan.

Avvallari Fransiyada Jazoir urushi paytida qinoqlar qo‘llangani tasvirlangan kitoblar, gazetalar va filmlar taqiqlab qo‘yilgan edi. Endi esa urush paytida yo‘qolgan fransuzlar va jazoirliklar haqidagi davlat arxivlari ochilishi ma’lum qilindi.

“Haqiqatni izlamay turib ozodlik, tenglik va birodarlikka erishib bo‘lmaydi”, – deyiladi bayonotda.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!