Fransiya Afg‘onistonga harbiy samolyotlar va maxsus kuchlarni yubordi

Fransiya Afg‘onistonga harbiy samolyotlar va maxsus kuchlarni yubordi

"Tolibon" hokimiyatni qo‘lga kiritgan Afg‘oniston yana terrorchilik guruhlarining boshpanasiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, dedi Fransiya rahbari Emmanuel Makron.

Makron Afg‘onistonga ikkita harbiy samolyot va maxsus kuchlarni yuborishga qaror qildi. Bu 16 avgust, dushanba kuni qabul qilindi, deya xabar beradi Interfaks-Ukraina.

"Men ikkita harbiy samolyot va maxsus kuchlarni yuborishga qaror qildim. Ular yaqin bir necha soat ichida joyida bo‘ladi", - dedi Makron.

Shu bilan birga, Fransiya prezidenti Afg‘onistonga uchgan askarlarning aniq sonini aytmadi.

Makron AQSh kuchlari bilan Kobul aeroportida amalga oshirilayotgan evakuasiyaga yordam berish uchun samolyotlar va maxsus kuchlarni yuborayotganini ta’kidladi.

Prezident, shuningdek, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlari bilan birgalikda Afg‘onistondan noqonuniy migrasiya oqimiga qarshi tashabbusni ilgari surish niyatini e’lon qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, dushanba kuni u Germaniya kansleri Angela Merkel bilan shu mavzuni muhokama qilgan.

U terrorizmga qarshi kurashni har qanday shaklda davom ettirish uchun Yevropaning boshqa davlatlari va ittifoqchilari bilan hamkorlikda bir qancha tashabbuslar bildirish niyatida ekanligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!