Forbes Alisher Usmonovning 2018 yildagi daromadini ma’lum qildi

Forbes Alisher Usmonovning 2018 yildagi daromadini ma’lum qildi

Forbes-Rossiya nashri eng yuqori daromadga ega rossiyalik milliarderlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Milliarderlar reytingidan farqli o‘laroq, bunda faqat aktivlarni sotish yoki dividendlar shaklida olingan real pullar hisobga olinadi. Shaxsiy mulkni sotish bo‘yicha kelishuvlar hisobga olinmagan. Baholanayotgan daromad - bu yalpi daromad yoki gross daromad. Soliqlar stavkasida qarama-qarshiliklar yoki tushunarsizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun soliqlar, kreditlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari va turli komissiyalar hisobga olinmagan.

Alisher Usmonov 1,1 milliard dollar daromad bilan 5-o‘rinni egalladi. Pullar Metalloinvest dividendlarini to‘lash va Londonning Arsenal futbol klubidagi ulushni sotib yuborish natijasida olingan.

Londonning Arsenal klubidagi ulushni sotishi tufayli Alisher Usmonov eng boy biznesmenlar reytingida o‘ninchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarildi, deya ta’kidlaydi Forbes.

O‘tgan yilda bo‘lgani kabi, daromadlarning sezilarli ulushi Metalloinvest dividendlari hisobidan yuzaga keldi.

Birinchi o‘rinni 2,4 milliard dollar daromad bilan Sergey Galiskiy egalladi. U Magnit reteylerining 29 foiz aksiyalarini sotib yuborgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!