Firibgarlik: Navoiyazot AJdan mis mahsulotini olish osonmi.?
Mansurov Shoniyoz Botirovich (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) muqaddam bir necha maratoba jinoyat sodir etib, xavfli residivist bo‘la turib, o‘zganing mol-mulkini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani “Armichan” MFYda yashovchi fuqaro Olimov Yo‘lchiga “Navoiyazot” AJning chiqindixonasidan mis mahsulotini chiqarib berishni va’da qilib, 2018 yilning iyun oyida Karmana tuman “Talqoq” MFY hududida joylashgan “Guli” savdo majmuasining yonida Y.Olimovdan 1.200 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Har qanday jinoyatga jazo mukarrar, 2019 yilning 13 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudining sudyasi A.Saydullayev boshchiligida fuqaro SH.Mansurovga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
Unga ko‘ra, SH.Mansurov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “b” bandila ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi, uning yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligi, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligi inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 454-457, 460, 463, 465-468, 471,473,476-moddalariga amal qilgan holda SH.Mansurovning qamoqda o‘tirgan kuni chegirib tashlanib, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil 7 oy 18 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi va sud zalidan ozod qilindi.
Alisher Saydullayev,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi sudyasi.
Eldor Ismailov,
sudya yordamchisi
