Firibgar ayollarning kirdikorlari oshkor bo‘ldi

Firibgar ayollarning kirdikorlari oshkor bo‘ldi

Buxoro shahar Fatxobod ko‘chasi 43-uyda yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan N.M. va T.M. lar bir guruh bo‘lib, 2021 yilning noyabr oyida ikki nafar fuqaroni Seyshel orollari davlatidan ro‘yxatdan o‘tgan “New Millennium Sentre” LTD kompaniyasining biznes dasturiga a’zo qilib, fuqarolarni aldab, ularning kompaniya elektron biznes dasturida ochilgan shaxsiy profillarini aktivlashtirish uchun biridan 4800 AQSh dollari, ikkinchisidan 2000 AQSh dollari, jami 6800 AQSh dollari pullarini olib, “New Millennium Sentre” LTD kompaniyasining elektron biznes dasturida ochilgan hisob-raqamlariga to‘liq o‘tkazmasdan o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda ushbu shaxslarning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!