Filippin va Yaponiya mudofaa bo‘yicha kelishuv imzoladi

Filippin va Yaponiya mudofaa bo‘yicha kelishuv imzoladi

Filippin va Yaponiya mudofaa bo‘yicha kelishuv imzoladi. Ushbu hujjat ikki mamlakatga qo‘shma o‘quv mashqi o‘tkazilayotganda va gumanitar amaliyot bajarilayotganda qo‘shinni bir-biri hududiga joylashtirishni nazarda tutadi.

Filippinning GMA axborot agentligi yozishicha, kelishuv ushbu mamlakat Senati va Yaponiya Milliy qonunchilik majlisi tomonidan ratifikasiya qilingandan keyin kuchga kiradi.

Tokio Buyuk Britaniya va Avstraliya bilan ham xuddi shunday hujjat imzolagan. O‘z navbatida, Filippin AQSh va Avstraliya bilan ayni mazmundagi kelishuvga erishgan, Fransiya bilan bitim imzolashni rejalashtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!