Fazliddin G‘oibnazarov 18 yanvar kuni ringga chiqadi. Raqibi ma’lum

Fazliddin G‘oibnazarov 18 yanvar kuni ringga chiqadi. Raqibi ma’lum

Professional boksning 63,5 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik bokschisi Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.

Uz24.uz ning yozishicha, u 2019 yil 18 yanvar kuni Dominikan Respublikasi vakili Rikardo Garsiyaga qarshi jang o‘tkazadi. 8 raundga mo‘ljallangan mazkur jang AQShning Viskonsin shtati, Verona shahrida joylashgan Turning Stone Resort Casino sport saroyida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Rikardo Garsiya shu kunga qadar professional boksda 19 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 14 tasida g‘alaba (9 nokaut) qozongan, 1 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan.

Fazliddin G‘oibnazarov esa professional boksda 6 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida (3 tasini nokaut bilan) g‘alaba qozongan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!