Favorit yutqazishda davom etmoqda. Donald Trampga kim raqib bo‘ladi?

A A A
Favorit yutqazishda davom etmoqda. Donald Trampga kim raqib bo‘ladi?

AQSh vise-prezidenti, 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasi nomzodlari orasida favorit deb qaralgan Jo Bayden praymerizda ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchradi - u mustaqil nomzod - senator Berni Sandersga va sobiq mer Pit Buttidjichga yutqazmoqda. Ular Donald Trampga munosib raqobat ko‘rsata olishadimi?

11 fevral kuni Nyu-Hempshirda o‘tkazilgan praymeriz triumfatori, Vermont shtatidan mustaqil senator Berni Sanders ovoz berish natijalarini «Tramp davrining tugashi» deb atadi.

Nyu-Hempshirdagi praymerizda (boshlang‘ich saylov) demokratlarning 280 mingga yaqin vakili qatnashdi va ularning 26 foizining ovozi 78 yoshli Sandersga - o‘ta so‘l qarashlarga ega siyosatchiga nasib etdi.

Ammo u o‘zining eng yaqin ta’qibchisi, markazchilarning qarashlarini ifodalovchi 38 yoshli Pit Buttidjichni katta farq bilan ortda qoldira olmagan - 1,6 foiz, bu taxminan 4300 ovoz degani.

Nyu-Hempshir shtatidagi praymeriz natijalaridan keyin AQShdagi kuzatuvchilar Sanders noyabr oyidagi prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lishi mumkinligini tan olishmoqda.

«2016 yilgi kampaniya vaqtida demokratlar uni haddan tashqari so‘l va radikal nomzod sifatida ma’qullashmagandi. Ammo, aftidan, Bayden haddan tashqari ko‘p xato qildi, xuddi o‘z vaqtida Hillari Klinton bilan bo‘lgani kabi. Uning nomzodi Demokratlar partiyasining ashaddiy tarafdorlariga ham yoqmayapti», - deydi siyosatshunos, Stoni-Bruk universiteti professori Jonatan Sanders.

AQShda Berni Sandersni sosialist deb hisoblashadi. Raqiblari doimo u yoshligida Amerika Sosialistik partiyasining yoshlar qanoti a’zosi bo‘lgani, 1980-yillarda 10 kun davomida Sovet Ittifoqi hududiga safar qilgani, «asal oyi»ni aynan shu yerda o‘tkazganini eslatishni yaxshi ko‘rishadi.

Mahalliy vaqt bilan 12 fevralga o‘tar kechasi Demokratik partiya a’zolari ovoz bergan saylov uchastkalarining 90 foizidagi natijalar e’lon qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mustaqil senator Indiana shtatidagi Saut Bend shahrining sobiq meri Pit Buttidjichni biroz farq bilan ortda qoldirib, 26 foiz ovoz olgan. Minnesota shtatidan senator bo‘lgan Emmi Klobushar uchinchi bo‘lgan, u 20 foiz ovoz olgan.

Praymeriz natijalari e’lon qilinishidan bir necha daqiqa oldin Nyu-Hempshir shtatidagi tarafdorlari oldida chiqish qilgan Sanders prezidentlik lavozimi uchun Demokratik partiyadan aynan o‘zi nomzod bo‘lishini ma’lum qildi.

«Biz g‘alaba qozonamiz. Ayovada odamlar shunday ovoz berishdi, bu yerda ham g‘alaba qozondik, endi Nevada va Janubiy Karolinaga yo‘l olamiz va u yerlarda ham g‘alaba qilamiz», deydi u.

Nyu-Hempshir shtatidagi boshlang‘ich saylov natijalaridan keyin prezidentlik uchun ikki nomzod saylovoldi poygasini tark etishga majbur bo‘ldi. Tadbirkor Endryu Yang va koloradolik senator Maykl Bennet mag‘lubiyatni tan oldi. Shu tariqa, keyingi saylovda Demokratik partiyaning to‘qqiz nomzodi ishtirok etadi.

Berni Sandersning Nyu-Hempshirdagi muvaffaqiyatini AQShdagi demokratlar tarafdorlari partiyaning so‘l qanoti g‘alabasi sifatida baholashmoqda. Bu mustaqil senator uchun yoshlar, shuningdek, Qo‘shma Shtatlardagi afroamerikaliklar va ispan jamiyatlari ovoz berishmoqda.

Berni Sanders oxirigacha bora oladimi?
Entoni Zurker, Bi-bi-sining Shimoliy Amerika bo‘yicha tahlilchisi

 

Jo Bayden - Berni Sandersni milliy so‘rovlarda ortda qoldirgan yagona nomzod edi - endi esa uning mag‘lubiyati muqarrar.

Pit Buttidjich praymerizda ishonch bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda, ammo hozircha u keyingi shtatlarda ham muvaffaqiyatga erisha oladi, deb aytish qiyin.

Uning so‘l liberallar qanotidagi raqibi - [Elizabet] Uorren - hali Sandersga yaqinlasha olmayapti. Emi Klobusharning muvaffaqiyati shuni ko‘rsatmoqdaki, u hamisha ishonchli tarafdorlarga ega bo‘lgan.

2016 yilda ham Sanders Nyu-Hempshirdagi praymerizdan keyin ko‘zga tashlana boshlagandi. Endi, muxolifat lageri parchalangan vaqtda, uning umummilliy kampaniyasi tashkilotchilari yig‘ib bergan ulkan mablag‘larni hisobga olgan holda aytish mumkinki, Sandersning yo‘li yorug‘, lekin muvaffaqiyat kafolatlanmagan.

U so‘nggi yarim asrda prezidentlikka nomzodi ko‘rsatilgan ilk so‘l demokrat bo‘lishi mumkin, 1972 yilda demokratlardan nomzod sifatida saylovda qatnashgan so‘lchi Jorj Makgovern Richard Niksonga yutqazgandi.

Muxoliflari tomonidan katta siyosatda yetarli tajribaga ega emaslikda ayblab kelinayotgan Saut Bendning sobiq meri Pit Buttidjich senator Sanders Donald Trampga raqobat qila olmasligi haqida gapirdi. O‘tkazilayotgan barcha jamoatchilik so‘rovlarida Demokratik partiya tarafdorlari Trampga qarshi chiqa olish qobiliyatini prezidentlikka nomzodning asosiy sifati deb belgilashmoqda.

«Ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlamaydigan odamga ovoz berib zamonaviy Amerika tarixidagi eng bahsli prezidentni yenga olmaymiz. Muxolif qarashlarni inkor etadigan har qanday siyosiy pozisiya Donald Tramp qayta saylanishiga olib keladi», - dedi u Nyu-Hempshir shtatining Nasha shahrida o‘z tarafdorlari qarshisidagi chiqishida.

Berni Sanders chindan ham, amerikalik saylovchilar radikal deb hisoblaydigan qarashlarni ifodalaydi. U barcha uchun bepul tibbiy xizmat joriy etish, oliy ta’lim uchun to‘lovlarni bekor qilish, barcha shtatlarda marixuana iste’mol qilishga ruxsat berish hamda badavlat amerikaliklar uchun soliqlarni oshirish tarafdori hisoblanadi.

Saylovlar boshlanishidan oldin Demokratlar partiyasining asosiy nomzodi sifatida qaralgan, lekin praymerizlarda mag‘lub bo‘layotgan Jo Bayden taslim bo‘lmasligini ma’lum qildi. U Nyu-Hempshirdagi saylov natijalari e’lon qilinishini kutmasdan shtatni tark etdi va Janubiy Karolinadagi saylovchilari bilan uchrashdi. Baydenning so‘zlariga ko‘ra, praymerizdagi ilk natijalar uning AQSh prezidenti saylovidagi imkoniyatlarini aks ettirmaydi.

«Muhimi, Ayova va Nevada o‘z fikrini bildirib bo‘ldi, - dedi Bayden Nyu-Hempshir shtati nomini Nevada shtati nomi bilan adashtirib yuborgan holda. - Ammo qarang, biz Nevadadan Janubiy Karolinagacha bo‘lgan barcha shtatlar aholisini tinglashimiz kerak, «superseshanba»gacha va undan keyin ham. O‘shanda biz qaror qabul qilishimiz mumkin».

«Superseshanba» - AQShda praymeriz bir kunda o‘ndan ortiq shtatda o‘tkaziladigan kundir. Bu yili «superseshanba» kuni Amerikaning 15 shtatida boshlang‘ich saylovlar o‘tkaziladi. An’anaga ko‘ra, shu kuni katta ehtimol bilan partiyaning prezidentlikka nomzodi aniqlanadi. Ko‘rinishidan, endilikda saylovoldi poygasining sobiq yetakchisi, mamlakatning sobiq vise-prezidenti Jo Bayden noyabrdagi saylovlarga yetib bora olmaydi.

Shu bilan birgalikda, tahlilchilar Nyu-Hempshirdagi praymeriz yetakchilari - Berni Sanders va Pit Buttidjichning prezidentlik poygasidagi imkoniyatlarini yuqori baholashmoqda.

«Bu ikki nomzod Demokratik partiyaning turli fraksiyalariga mansub. Sandersni yoshlar va o‘ta so‘l demokratlar qo‘llab-quvvatlamoqda. Uni janubda va AQShning markaziy shtatlarida va g‘arbda ham qo‘llashlari dargumon. Noan’anaviy jinsiy oriyentasiyaga ega bo‘lgan Buttidjich esa konservativ shtatlarda ko‘p ovoz ololmasligi aniq», deydi Jonatan Sanders.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Putin Zelenskiyning shartini qabul qildi

Кушнер бу ҳақда 19 ноябрь куни Берлинда Европа давлатлари етакчилари ва Украина президенти Владимир Зеленский иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида гапирди.

"Janob Prezident, ukangiz 40 million dollarlik mehmonxonamni tortib oldi"

Қирғизистон президенти Садир Жапаров Иссиқкўл аҳолиси билан учрашувда кутилмаган эътирозга дуч келди.

Putin urush boshlanganidan beri ilk bor Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan G‘arb davlatlari rahbarlari bilan birga suratga tushdi

Суратда Владимир Путин Си Жинпиннинг ўнг томонида, биринчи қаторда турибди.

Toshkentdagi Qorasuv kanalidan Nil timsohi ushlandi

Бу ҳақда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси маълум қилди.

Toshkent metropoliteni yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqdi

Сўнгги йилларда Тошкент шаҳрида аҳоли сони ва шаҳар инфратузилмаси кенгайиши билан жамоат транспортига, хусусан, метрополитенга бўлган талаб ҳам ортиб бормоқда.

Maduro qamoqxonadan Rossiyaga salom yo‘lladi

Бу ҳақда RIA Novosti агентлиги хабар берди.

Janubiy Koreya bo‘ylab havo qatnovi to‘xtatiladi, Wi-Fi o‘chiriladi va butun mamlakat bo‘ylab telefonlar o‘chiriladi

Бугун миллионлаб мактаб ўқувчилари университетга киришни белгилайдиган Сунын имтиҳонини топширишади.

"Evropa vakillari Moskvaga borishga tayyor, faqat..."

Елисей саройида Россиянинг мулоқотга расмий тус бериш таклифи ижобий баҳоланган.

Rossiya, Xitoy va AQSh yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvidan asosiy bayonotlari

Мулоқот 1,5 соат давом этди.

Flik "Barselona" rahbariyatidan ikkita transfer so‘radi

"Барселона" бош мураббийи Ханс-Дитер Флик қишки трансферлар ойнасида жамоанинг ҳимоя чизиғини кучайтиришни муҳим вазифа деб ҳисобламоқда.

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir, qor va sovuq kuzatilishi kutilmoqda

Ўзгидромет 9–12 ноябрь кунлари Ўзбекистонда об-ҳаво шароити кескин ўзгариши ҳақида шошилинч огоҳлантириш эълон қилди.

O‘zgidromet 14–15 noyabr kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Ўзбекистонда сўнгги кунларда кузатилган салқин ва ёғингарчили об-ҳаво ўрнини илиқ кунлар эгаллайди.

Isroilda parlament saylovlari yakunlandi: Netanyaxu uchun kutilmagan natija

Исроилда парламент сайловлари бўйича овозларни ҳисоблаш якунланди.

«An-Nasr» uch nafar yulduzisiz O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби Осиё Чемпионлар лигаси Элит мусобақасидаги навбатдаги учрашув олдидан Тошкентга етиб келди.

Aktrisa Barchin G‘ofurova va bloger "Kokosh" qamaldi

Бу ҳақда Тошкент шаҳар судлари матбуот хизмати хабар берди.

Ukraina qurol ishlab chiqarishni oshirishda qiynalmoqda

"Луч" конструкторлик бюроси раҳбари Олег Коростеловнинг айтишича, жорий йилда бир неча юзта "Нептун" ракетаси ишлаб чиқарилади, бироқ уларнинг сони мингтага етмайди.

Kim Chen In Tramp bilan muzokaralarni tiklashga urinishlarini e’tiborsiz qoldirmoqda

The Wall Street Journal'нинг хабар беришича, Доналд Трамп иккинчи муддатга Оқ уйга қайтганидан кейин ҳам Ким Чен Ин билан алоқаларни тиклашга уринишларни давом эттиряпти

Putin shaxsiy tartibda Ukraina uchun NATO nizomining 5-moddasi namunasidagi xavfsizlik kafolatlariga rozi bo‘ldi

Манбанинг сўзларига кўра, Путин NATO қўшинлари Украинада жойлаштирилмаслиги шарти билан бундай кафолатларга тайёр

Eron sobiq oliy rahbar oyatulloh Ali Xominaiyning yadro qurolini taqiqlovchi fatvosini bekor qilishi mumkin

У ушбу фикрларни Эроннинг ядро дастури атрофидаги давом этаётган муҳокамалар фонида билдирди.

Litva Kaliningrad viloyati chegarasidagi hodisaga aloqadorligini rad etdi

Будриснинг қўшимча қилишича, Литва ҳеч қачон ўз ҳаво ҳудудидан Россия ҳудудидаги объектларга ҳужум қилиш учун фойдаланишга рухсат бермаган

Bank xodimi mijozlarning 3,2 mlrd so‘mini qimorda yutqazdi

Бундан ташқари, яна бир шахс танишидан олган 26 минг долларлик иккита «Дамас» автомобилини қиморда бой берган.

Tatyana Kim Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan keyin Wildberries rahbarligidan ketdi

Маълум қилинишича, Ким 18 ноябр куни бош директорлик лавозимидан кетган. Унинг ўрнига Алексей Куликов тайинланган.

AQShda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq uzilishlardan so‘ng Oq uy rahbarini almashtirdi

Бу ҳақда BBC’нинг америкалик ҳамкори CBS хабар берди.

Evropa huquq markazi Mossadning sobiq rahbari David Barneani «harbiy jinoyatlar» uchun hibsga olishga chaqirdi

Европа конституциявий ва инсон ҳуқуқлари маркази (ECCHR) Моссаднинг собиқ раҳбари Давид Барнеага қарши Ливанда содир этилган деб баҳоланаётган «ҳарбий жиноятлар» бўйича жиноий шикоят берди.

Meksikada eng katta narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Бу ҳақда «El País» нашри хабар берди.

Hurmuz bo‘g‘ozida 4 million barrel neft tashiyotgan ikki supertanker portladi

Бу ҳақда Tasnim News нашри Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) денгиз кучлари матбуот хизматига таяниб хабар берди.

Isroil Eronga qarshi yangi urush boshlashga intilmoqda

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри хабар берди.

Qashqadaryoda bolalar janjali sabab qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Бу жиноятни содир этган эркакка 19 йил муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

Ilon Mask respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflagan 500 million dollaridan afsusda

Миллиардер Илон Маск АҚШдаги оралиқ сайловларда республикачиларни қўллаб-қувватлаш учун 500 миллион доллар сарфлаганидан афсусда эканини билдирди.

Parij meri GTA VI o‘yini sabab ishga kech qoldi

У буни очиқ тан олмаган, аммо шаҳар раҳбари соат 9:00 га белгиланган эрталабки йиғилишга келмади ва ишга фақат тушлик пайти етиб келган.

Putin Rossiya Yevropaga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqidagi gaplarni rad etdi

Россия Европа билан урушга тайёрланаётгани йўқ, бироқ Европа Иттифоқининг бундай режалари ҳақида доимий равишда эшитиб турибди.

62,3 foiz pedagog kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘ta olmagani ma’lum qilindi

2024–2026 йилларда ўтказилган олтита касбий сертификатлаш синовида 47 936 нафар педагог қатнашган, уларнинг 62,3 фоизи синовдан ўта олмаган.

Putin Qrim ko‘prigiga qilingan hujumlardan keyin o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘lmasligini aytdi

Унинг сўзларига кўра, Россия Хавфсизлик кенгаши билан айрим соҳаларда ўт очишни тўхтатиш имконияти муҳокама қилинган.

«Jorj Vashington» avianosesi Fors ko‘rfazini tark etdi — Bloomberg

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги АҚШнинг икки расмийсига таяниб хабар берди.

Si Szinpin yadroviy qurollarni butunlay yo‘q qilishga chaqirdi

Хитой раҳбари Россия, АҚШ ва Хитой етакчилари иштирокидаги уч томонлама учрашувда ядровий қуролларни тақиқлаш ва уларни тўлиқ йўқ қилиш зарурлигини таъкидлади.

Tramp Eron bilan urushni tugatish uchun Rossiya va Xitoy yordami kerak emasligini aytdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Вашингтон Эрон билан урушни якунлаш учун Россия ёки Хитой ёрдамига муҳтож эмаслигини билдирди.

Rossiyaning 2 Tu-95 bombardimonchisi Tayvan HHM hududiga kirdi

Тайвань Мудофаа вазирлиги маълум қилишича, Россиянинг икки Ту-95 стратегик бомбардимончи самолёти оролнинг ҳаво ҳужумидан мудофаа тизими аниқлаш зонасига жануб томондан кирган.

Portugaliya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berishdan bosh tortdi

Бу ҳақда мамлакат ташқи ишлар вазири Паулу Ранжел Киевда украиналик ҳамкасби Андрей Сибига билан ўтказган матбуот анжуманида баёнот берди.

Turk qahvasini mashhur qilgan sir nimada?

Ҳар бир манзилнинг ўзига хос таъми унинг тарихи, маданияти ва турмуш тарзини намоён этади. Яқинда эълон қилинган саёҳат тенденциялари ҳисоботига кўра, сўров қатнашчиларининг 82 фоизи маҳаллий ҳаётда бевосита иштирок этиш ўша халқ маданиятини чуқурроқ англашга ёрдам беришини таъкидлаган.

Toshkentda Rossiya fuqarosi o‘z joniga qasd qildi

У яшаш манзили хонадонининг 9-қаватидан ўзини ерга ташлаб юборган ва олган тан жароҳатлари натижасида шу жойнинг ўзида вафот этган.