Farg‘onalik erkak mashinani sotib, pulini oldi, ammo mashinani bermadi...

Farg‘onalik erkak mashinani sotib, pulini oldi, ammo mashinani bermadi...

Shu yilning 12 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yilning 18 avgust kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi X.SH. M.Gandi ko‘chasida yashovchi P.M.ning uyida “Neksiya” rusumli avtomashinani 79 mln. so‘mga baholab, undan 60 mln. so‘m pulini olgan va X.SH. sentyabr oyida ushbu avtomashinani P.M.ning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, X.SH. qo‘lga olingan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!