Farg‘onada to‘y korteji uyushtirgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Farg‘onada to‘y korteji uyushtirgan yigitlar 15 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l qoidalarini qo‘pol ravishda buzib harakatlangan to‘y kortejining video lavhasi tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida ro‘y bergan. To‘y kortejida qatnashgan 16 kishi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. Yozyovon tumanining Mustaqillik ko‘chasida 10 dan ortiq avtomashinalarida yo‘l-harakati qoidalarini mensimay harakatlangan yigitlar boshqa transportlarning harakatlanishiga xalaqit bergan va jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan. Qoidabuzarlarning shaxsi voqea joyida aniqlanib, ularga tegishli avtomashinalar jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Sud jami 16 nafar shaxsning har biriga 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!