Farg‘onada sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

Farg‘onada sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

Farg‘ona viloyati, Quva tumani “Soyguzar” MFY hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lining 200-kilometrida 8 iyul kuni 10:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1999 yilda tug‘ilgan R.O. boshqaruvidagi Lacetti avtomobilida ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Natijada 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi A.X. boshqaruvidagi “VAZ-2101” avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “VAZ-2101” avtomobil haydovchisi A.X. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, “VAZ-2101” avtomobil yo‘lovchisi 1989 yilda tug‘ilgan A.D. va Lacetti avtomobil haydovchisi R.O. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!