Farg‘onada “Dolzarb 40 kunlik” doirasida 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi

Farg‘onada “Dolzarb 40 kunlik” doirasida 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi

Farg‘ona viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor vaziyat barqarorligini ta’minlash hamda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar davomida 298 nafar tezkor vaziyatga salbiy tasir ko‘rsatuvchi shaxslarning yashash manzillarida kompleks tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi

Tadbirlar davomida 96 ta jinoyatlar aniqlandi.

Jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 50 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.

Guruhbozlikka aloqador 25 nafardan ortiq shaxslar bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida, 5 kg 921 gramm giyohvandlik vositalari, 414 dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, 42 ta qurol-yaroqlar, 221 ta o‘q-dorilar, 61 dona turli jinoyatga daxldor materiallar tayyorlangan kompyuter, telefon hamda taqiqlangan diniy adabiyotlar aniqlanib ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Misol uchun, Toshloq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro o‘z xonadonida 8 dona jangovar ov quroli o‘q dorilari, 61 dona gilzalar, 400 gramm porox, 140 dona 5,6 mm kalibrli jangovar o‘q-dorilar qonunga xilof ravishda saqlab kelinganligi aniqlandi.

Shuningdek, joriy yilning 9 dekabr kuni tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, muqaddam Jinoyat kodeksining 164, 165, 166 hamda 277-moddalari bilan sudlangan, Marg‘ilon shahar Guliston MFY B.Marg‘iloniy tor ko‘chasi 11-uyda yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan, tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan, jinoiy tajovuzkor Karimov Abdullo Qosimjonovich, shaxsga og‘ir tan jarohati yetkazib, yashirinib yurganligi aniqlanib ushlandi.

Tadbirlar davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!