Eyfel minorasida Jak Shirakning xotirasiga chiroqlar o‘chadi

Eyfel minorasida Jak Shirakning xotirasiga chiroqlar o‘chadi

Bugun, 27 sentyabr oqshomida Parijdagi Eyfel minorasini yoritish tizimi Fransiya sobiq prezidenti Jak Shirak xotirasiga bag‘ishlanib o‘chiriladi.

Bugun, Fransiya poytaxti meri Ann Xidalgo ham sobiq davlat rahbarining o‘limi munosabati bilan barcha rasmiy binolarda bayroqlar tushirilishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Jak Shirak 26 sentyabr kuni ertalab 87 yoshida yaqinlari davrasida vafot etdi. U 1995 yildan 2007 yilgacha Fransiya prezidenti lavozimini egallagan. Bungacha Jak Shirak 18 yil Parijning meri bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!