Evpatoriyada hayvonot bog‘idagi yong‘inda 200 dan ortiq hayvonlar nobud bo‘ldi

Evpatoriyada hayvonot bog‘idagi yong‘inda 200 dan ortiq hayvonlar nobud bo‘ldi

Qrimda joylashgan Tropikpark hayvonot bog‘ida yong‘in sodir bo‘lib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 200 dan ortiq jonivor nobud bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Bu katta fojia, barcha hayvonlar nobud bo‘ldi, ular 200 tadan ko‘proq. Hozircha tafsilotlarni ochiqlay olmayman, — dedi hayvonot bog‘i vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inning dastlabki sababi muzlatkich simidagi qisqa tutashuv bo‘lgan.

Rossiya FVVning viloyat bo‘yicha bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in kechasi Tokarev ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bir qavatli uyning tomi yongan. Yong‘in maydoni 625 kvadrat metrni tashkil etgan.

Tropikpark veb-saytida aytilishicha, ko‘rgazmada primatlar, sudraluvchilar, quruqlik hamda suv jonivorlari, hasharotlar, kemiruvchilar va qushlarning 200 dan ortiq turi mavjud bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!