Eshitdingizmi?.. Bugun juma 13 iyul kuni quyosh tutilish hodisasi sodir bo‘ldi…

Eshitdingizmi?.. Bugun juma 13 iyul kuni quyosh tutilish hodisasi sodir bo‘ldi…

Unda oy quyoshning uchdan bir qismini yopib qo‘ydi. Ammo bu tabiat mo‘’jizasini ko‘rish faqat Avstraliya va Antarktidada yashovchilargagina nasib etdi. Shu sababli internet saytlarida odamlar quyosh tutilishini faqat pingvinlar hamda kengurular tomosha qilish baxtiga muyassar bo‘lganini aytib hazillashishdi ham.

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan soat 06: 48 da hind okeanining janubi-g‘arbiy qismida boshlanib, 09: 14 da Yangi Zelandiya va Antarktidada yakun topdi. Shuning bilan 2018 yil hisobida ikkinchi quyosh tutilish hodisasi yuz berdi. Birinchisi shu yil 15 fevralda kuzatilgandi. Navbatdagi quyosh tutilishi esa 2018 yil 11 avgustida sodir bo‘ladi.

Bundan tashqari, 28 iyul kechasi oy tutilishi ham kutilmoqda. Oy qon rangiga kirib, bu holatni Yevropaning sharqiy hududlari, Rossiyada tomosha qilish imkoni tug‘iladi. Shu bilan bir qatorda Mars sayyorasi Yerga maksimal darajada yaqin keladi. Uni osmon-u falakda och qizil rangdagi nuqta ko‘rinishida kuzatish mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!