Ertaga Toshkentda 5 ballik magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda

Ertaga Toshkentda 5 ballik magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda

Toshkentda ertaga, 19 sentyabr kuni kechga yaqin 5 ballik magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi Erkin Abulahatov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, magnit bo‘ronlari 3 soatlik muddat oralig‘ida davom etishi mumkin.

"Bu omilning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish rasioniga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo‘ronlarining G3 darajasi kuzatilgan davrda ko‘pchilikda bosh qismining orqa tomonida biroz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi", - deydi mutaxassis.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!