Eronlik velosipedchi afg‘onlarga tinchlik olib keldi

A A A
Eronlik velosipedchi afg‘onlarga tinchlik olib keldi

Eron elchixonasi 65 yoshli Rahmatulloh Azadning Kobulga kelganini ma’lum qildi. Uning harakatidan maqsad Eron va Afg‘onistonning qardosh xalqlari o‘rtasidagi tinch va do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashdir.

Azad Mozanderon viloyatining Amol shahridan. Oxirgi 20 yil ichida u butun Eron va 70 dan ortiq xorijiy mamlakatlarni velosipedda kezgan. Endi u bir oy ichida 4 davlatga, jumladan Afg‘onistonga ham borishni rejalashtirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!