Eron AQShning Tomahawk qanotli raketasini urib tushirdi
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK, Eron Qurolli Kuchlarining elit bo‘linmasi) Amerikaning Tomahawk kruiz raketasini yo‘q qildi.
Eron harbiylarining bayonoti mahalliy Tasnim axborot agentligi tomonidan keltirildi.
"Amerikaning Tomahawk raketasi Eron janubidagi Kerman viloyatining Kahnuj hududida yo‘q qilindi", deb ma’lum qildi IIQK.
Ta’kidlanishicha, operasiya mamlakatning havo hududini doimiy monitoring qilish va mintaqada joylashtirilgan raketa bo‘linmalarining tezkor javob choralari doirasida amalga oshirildi.
Bundan tashqari, IIQK, bayonotga ko‘ra, Quvaytdagi Ali as-Salim aviabazasiga, shuningdek, Quvayt quruqlikdagi kuchlari shtab-kvartirasiga dronlar bilan hujum qildi.
Avvalroq Eron AQSh Keshm oroliga zarba bergani haqida xabar bergan edi.
