Erdo‘g‘on Netanyaxu nega G‘azoda “genosid boshlaganini” tushuntirdi

Erdo‘g‘on Netanyaxu nega G‘azoda “genosid boshlaganini” tushuntirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu siyosiy faoliyatini uzaytirish va Isroilda o‘ziga qarshi ochilgan sud jarayonidan qochish uchun G‘azo sektorida “genosid sodir etganini” aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

2016 yil dekabr oyidan beri Netanyaxuga qarshi korrupsiya, shaxsiy va hukumat manfaatlarini noqonuniy lobbi qilish bo‘yicha bir necha jinoiy tergov qo‘zg‘atilgan. 2020 yil may oyida ushbu ishlar bo‘yicha sud jarayoni boshlangan.

Bu hafta ommaviy axborot vositalari Netanyaxuning korrupsiya ayblovlari bo‘yicha haftalik tinglovlar soni uchdan ikkiga qisqartirilishini xabar qildi. Chunki u va uning jamoasi qurolli mojaro avj olgan bir paytda tinglovlarga tayyorgarlik ko‘rolmaydi.

Erdo‘g‘onning qo‘shimcha qilishicha, uch mingga yaqin turkiyalik advokat Netanyaxu va boshqa isroillik siyosatchilar ustidan Xalqaro jinoiy sudga da’vo arizasi bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!