Erdo‘g‘on Moskvadagi G‘alaba paradiga taklif qilindi

Erdo‘g‘on Moskvadagi G‘alaba paradiga taklif qilindi

Rossiya Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni 2020 yilgi G‘alaba paradiga taklif qildi.

Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi vakillariga ko‘ra, Turkiya tomonidan hozircha bu taklifga rozilik berilmagan. Mamlakat prezidenti ma’muriyati ham Erdo‘g‘onning Moskvadagi yubiley tadbirlarida ishtirok etish rejasi borligini tasdiqlamadi.

Shu paytgacha Turkiyaning hech bir rahbari Qizil maydondagi paradda qatnashish uchun Moskvaga kelmagan. Mamlakat rasman ikkinchi jahon urushida ishtirok etmagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!