Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya Suriya va Iroq bilan chegaradagi operasiyalarni yakunlagani yo‘q

Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya Suriya va Iroq bilan chegaradagi operasiyalarni yakunlagani yo‘q

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya Suriya va Iroq bilan chegaradagi harbiy amaliyotlarini yakunlamaganini aytdi.

Bu haqda u TVnet'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bizning transchegaraviy operasiyalarimiz tugamadi”, dedi Turkiya prezidenti. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara faqat kerakli daqiqani kutmoqda.

Aprel oyi oxirida Erdo‘g‘an Turkiya razvedkasi tomonidan Suriyada taqiqlangan “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti yetakchisi Abu al-Husayn al-Kurayishi yo‘q qilinganini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!