Erdo‘g‘an turk lirasi qadrsizlanishida AQShni aybladi

Erdo‘g‘an turk lirasi qadrsizlanishida AQShni aybladi

Turk lirasi kursining pasayishi Anqaraning Turkiyaga hurmatsizlik qilgan AQShning talablarini bajarishdan bosh tortgani oqibati hisoblanadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya milliy valyutasi qadrsizlanishi sababi siyosiydir.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya bugungi kunda duch kelayotgan muammolar birorta davlat o‘zining to‘liq siyosiy va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlay olmasligidan darak bermoqda. 

Erdo‘g‘an shu munosabat bilan Anqaraning sabri tugayotgani va u tashqaridan bosim o‘tkazilishiga qarshi qo‘l qovushtirib o‘tirmasligini aytgan. Turkiya prezidentining aytishicha, Turkiyaning uning iqtisodiyotini moliya bozoridagi manipulyasiyalar yordamida putur yetkazishga urinishlarga eksport, ishlab chiqarish va bandlikni oshirish javob bo‘ladi.     

Erdo‘g‘an barcha omonotlar turk lirasida jamg‘arilishi lozimligini aytgan. Bunda aktivlarni xorijiy valyutadan liraga o‘tkazish muhimdir.

Erdo‘g‘an fuqarolarni milliy valyutaga ishonishga chaqirgan. “Fuqarolarga aytaman: turk lirasiga ishoning! Import va eksport bilan shug‘ullanmaydiganlarga xorijiy valyuta kerakmas”, deb aytmoqda Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘an Turkiya yaqin orada iqtisodiyotdagi salbiy holatni yengib o‘tishiga umid bildirgan. “Biroq biz muammolar ortida boyishni istaganlarni ham, og‘ir daqiqalarda  qo‘llab-quvvatlagan va jonbozlik ko‘rsatganlarni ham unutmaymiz”, deb va’da qilgan Erdo‘g‘an.     

“Turkiya murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Aynan shunday vaqtda hamyurtlari kulfatlarida boyimoqchi bo‘lib, davlat va xalqni sotayotganlar kimligi, ishlab chiqarish va bandlikni oshirish uchun barcha imkoni bor ishni qilayotganlar kimligi ayon bo‘ladi. Turkiya va xalqi manfaatlaridan o‘zining manfaatlarini ustun qo‘yuvchi odamlar kimligini bilmoqdamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!