Erdo‘g‘an Qora dengizda katta gaz koni topilganini e’lon qildi

Erdo‘g‘an Qora dengizda katta gaz koni topilganini e’lon qildi

«Qora dengizda 135 milliard kubometr bo‘lgan yangi tabiiy gaz zaxiralari topildi»,dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

«Fatih burg‘ulash kemasi yangi Amasra 1 konida 135 milliard kubometrdan ortiq gaz to‘planishini aniqladi», – deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti nashri.

Unga ko‘ra, hozirda Turkiya tomonidan Qora dengizda topilgan tabiiy gaz zaxiralari hajmi 540 milliard kubometrga yetadi.

2023 yilga kelib rasmiylar uni ichki bozorga yetkazib berishni boshlashni kutmoqdalar. Yaqin kelajakda, rasmiylar ushbu kondan gaz qazib olish bilan bog‘liq texnik masalalarni hal qiladi va zudlik bilan burg‘ulash ishlarini boshlaydi, deb yozadi TASS nashriyoti o‘z sahifalarida.

Ayni paytda, o‘tgan yilning oktyabr oyi o‘rtalarida Erdo‘g‘an «Sakarya konining Dunay 1 qismida aniqlangan gaz zaxiralari hajmi 405 milliard kubometrni tashkil etganini» aytdi.

Avvalroq, Erdo‘g‘an Qora dengizda 85 milliard kubometr yangi tabiiy gaz zaxiralari topilganligini e’lon qilgandi.

O‘tgan yilning avgust oyi oxirida Erdo‘g‘an Turkiyaning burg‘ilash kemasi Qora dengizda 320 milliard kubometrga teng yirik gaz konini topgani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!