Erdog‘an Putinni yana bir marta o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Erdog‘an Putinni  yana bir marta o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi urushni tezroq tugatishga chaqirdi.

“Erdog‘an Turkiya muzokaralar yo‘li bilan Rossiya-Ukraina mojarosiga zudlik bilan barham berishga ahamiyat berishini ta’kidladi”, deyiladi respublika prezidenti ma’muriyatining matbuot xizmati nashrida.

U, shuningdek, Putinga don shartnomasini uzaytirish masalasidagi «ijobiy pozisiyasi» uchun minnatdorlik bildirgan. Bitim o‘tgan yili Istanbulda BMT va Turkiya vositachiligida tuzilgan edi. Bu Kiyevga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Rossiya tomonidan bloklangan uchta portdan Qora dengiz orqali xavfsiz eksport qilish imkonini beradi.

Erdog‘an va Putin o‘zaro munosabatlar masalalarini ham muhokama qildi. Rossiya va Turkiya ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 100 milliard dollarga yetkazmoqchi.

Kreml xabarida Erdog‘anning o‘t ochishni to‘xtatish va Ukraina bilan muzokaralarni boshlash chaqirig‘i tilga olinmagan. Unda aytilishicha, davlat rahbarlari turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilgan va «energetika sohasida qo‘shma strategik loyihalar, jumladan, gaz ta’minoti va Turkiyada “Akkuyu” atom elektr stansiyasi qurilishi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganidan» mamnunlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Erdog‘an bir necha bor Putinni Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!