Erdog‘an Putin bilan Falastin-Isroil mojarosini muhokama qildi

Erdog‘an Putin bilan Falastin-Isroil mojarosini muhokama qildi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlari Isroil va Falastin o‘rtasidagi xavotirli mojaroning borishi va keskinlik kuchayishining oldini olish choralarini muhokama qildilar.

Shuningdek, mintaqada insonparvarlik ehtiyojlarini qondirish uchun qanday tashabbuslar amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Erdog‘an tinch aholi punktlarini nishonga olish xavfli ekanini va bu kabi tashabbuslar Turkiya tomonidan ma’qullanmasligini ta’kidlab o‘tdi.

Shu bilan birga, Erdog‘an Turkiyaning mintaqada osoyishtalikni ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarini davom ettirishini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!