Erdog‘an Ilhom Aliyev bilan Tog‘li Qorabog‘ga keldi

Erdog‘an Ilhom Aliyev bilan Tog‘li Qorabog‘ga keldi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev o‘tgan kuzgacha tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi nazorati ostida bo‘lgan Shusha (Shushi) shahriga kelishdi. Bu haqda "Sputnik Ozarbayjon" xabar berdi.

Erdo‘g‘anning Ozarbayjonga tashrifi ikki kun, 15-16 iyun kunlari davom etadi. “NATO sammitidan so‘ng biz Ozarbayjonning tarixiy va madaniy poytaxti Shushaga boramiz. Qorabog‘dagi g‘alabaga bag‘ishlangan ushbu tashrif Turkiya-Ozarbayjon aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Kavkaz tarixi imon, matonat va jasorat bilan qayta yozilmoqda”, dedi Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin.

Aliyev va Erdo‘g‘an, Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi eng yirik bitimlardan birini imzolashmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!