Energetika vazirligi bazaviy me’yor o‘zgarmasligini aytdi

Energetika vazirligi bazaviy me’yor o‘zgarmasligini aytdi

Energetika vazirligi tarmoqda keng muhokama qilinayotgan 200 kv. lik bazaviy tarif o‘zgarmasligi haqida bayonot berdi.

Vazirlik e’lon qilgan bayonotga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi 204-son qarori bilan joriy yil 1 maydan boshlab, maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi uchun bir oylik iste’molning “bazaviy me’yorlari” tasdiqlangan.

"Bundan asosiy maqsad iste’molchilarda elektr energiyasi iste’moli samaradorligini oshirish, Davlat tomonidan aholining xarajatini qoplashga ajratilayotgan mablag‘larni to‘g‘ri va manzilli taqsimlash hamda yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan tahlillarga ko‘ra, 2024 yilda respublika aholisi tomonidan jami 21,2 mlrd kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilinishi rejalashtirilgan. Shundan, yil davomida o‘rtacha oylik iste’moli 200 kVt·soatgacha bo‘lgan iste’molchilar jami abonentlarning 60 foizini tashkil etadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda elektr energiyasi iste’moli yil davomida keskin o‘zgarmasligini inobatga olib, yil davomida bir xil bazaviy me’yor joriy qilingan.

Birinchidan, hozirgi vaqtda 1 kVt·soat elektr energiyasining tannarxi 895 so‘mni (QQS bilan 1 002 so‘mni) tashkil etadi.

Aholiga yetkazib berilayotgan har bir kVt·soat elektr energiya uchun bazaviy me’yor doirasida 552,4 so‘m, 201 kVtdan 1000 kVt·soatgacha esa 102,1 so‘m davlat tomonidan har bir iste’molchiga qoplab berilmoqda"deyiladi xabarda.

1 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish xarajatlari 741,93 so‘mni, transportirovka xarajati 57,8 so‘mni, taqsimlash va sotish xarajatlari 202,4 so‘mni tashkil etadi.

Bunda, davlat 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan aholi (iste’molchilarning 71 foizi) uchun 447,0 mlrd so‘m, 201-1 000 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol uchun 30,2 mlrd so‘m qoplab bermoqda.

Ikkinchidan, bazaviy me’yor bu elektr energiyasining bir oyda 200 kVt·soatgacha bo‘lgan iste’mol hajmi hisoblanib, ushbu iste’mol doirasida barcha maishiy iste’molchilar har bir kVt·soat uchun “imtiyozli” narxda ya’ni 450 so‘m (QQS bilan)dan haq to‘laydilar.

Tahlillarga ko‘ra, joriy yil iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilganligi aniqlandi. Bundan ko‘rinadiki, iste’molchilarning 71 foizi belgilangan limit doirasidan chiqmagan, deya ta’kidlaydi vazirlik.

Shu bois, yaqin istiqbolda iste’molchilarga qo‘llanilayotgan oylik 200 kVt·soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emasligi aytib o‘tildi.

Uchinchidan, 22 foiz iste’molchi 201 kVt·soatdan 1000 kVtgacha iste’mol qilgan va 900 so‘mdan haq to‘lagan. Bunda elektr energiyasi iste’moli 201 kVt·soatdan 300 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilar salmog‘i 11 foizni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun: 300 kVt·soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilganlar to‘liq 900 so‘mdan haq to‘lamaydi. Bunda 200 kVt·soatgacha 450 so‘mdan, qolgan 100 kVt·soatga 900 so‘mdan to‘laydi. Ya’ni, 300 kVt elektr iste’mol qilganlarga nisbatan ham narxlar keskin oshmagan (bazaviy me’yordan ortiqcha 100 kVt iste’mol uchun 45 000 so‘m (100*450) qo‘shimcha to‘lagan). Bunda ushbu 900 so‘mlik ta’rif ham elektr energiyasining tannarxidan kam.

To‘rtinchidan, qolgan 7 foiz aholi 1001 – 10 000 kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilib, 1 350 so‘mdan to‘lovlarni amalga oshirgan.

Bunday xonadonlar subsidiyaga muhtoj bo‘lmagan, birlamchi ehtiyojlardan tashqari qo‘shimcha qulayliklarga ega shaxslar, xususan, elektromobil(lar)i, hovlisida basseyn, fontan, ko‘plab yoritkich jihozlari yoki qimmatbaho boshqa elektron maishiy qurilmalari mavjud xonadonlar hisoblanadi.

Beshinchidan, respublika bo‘yicha jami 1,1 mlrd kVt·soat elektr energiyasi iste’mol qilingan.

Shundan iste’molchilarning 71 foizi 200 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan va ular jami iste’molning 40 foizini tashkil etadi.

Yana 11 foiz iste’molchi 201 – 300 kVtgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan va ular jami iste’molning 19 foizini tashkil qiladi, 301 – 500 kVtgacha iste’molchilar jami iste’molning 20 foizini iste’mol qilgan.

Bunda 500 kVt va undan ko‘p elektr energiyani iste’mol qiluvchilar atigi 3,7 foiz bo‘lib, ular jami elektrning 21 foizini iste’mol qilmoqda.

Oltinchidan, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori bilan isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) bir qancha kompensasiya turlari taqdim etilmoqda. Xususan:

– Ijtimoiy himoya milliy agentligi AT “Xalq banki” bilan birgalikda noyabr oyida 270 ming so‘m bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beradi;

– elektr energiyasi uchun oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt·soatgacha iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensasiya qilib beriladi.

Bunda kompensasiya to‘lovlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali to‘lab beriladi.

Masalan, elektr energiyasi uchun oylik iste’moli 350 kVt·soat bo‘lgan ehtiyojmand xonadon 200 kVt·soatdan oshgan 150 kVt·soatgacha 67 ming so‘m miqdorda kompensasiya oladi.

Endilikda Davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri faqatgina ehtiyojmand oilalar, nogiron va haqiqatda muhtojlar uchun yo‘naltiriladi.

Ma’lumot uchun: o‘tgan yil yoz mavsumining iyun-iyul oylarida yagona energetika tizimida 210 mln kVt·soat majburiy cheklov (iyun – 35 mln kVt·soat, iyul – 175 mln kVt·soat) kiritilgan. Joriy yilning iyun oyi va iyul oyining shu kuniga qadar iste’molchilarga barqaror ravishda, cheklovlarsiz (avariyaviy holatlar va dasturlar asosidagi rejali ta’mirlash ishlaridan tashqari) elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda kuzgi ta’til vaqti e’lon qilindi

10 ноябрдан навбатдаги чорак бошланади.

Eron o‘rab olinmoqda

Систан ва Балужистон вилоятлари ҳамда Хуросон-Разавийда қурилиш ишлари аллақачон бошланган.

Rossiya Isroilga yuzlandi

Москва Исроилни огоҳлантирди.

Antarktida yashil rangga aylana boshladi

Олимлар сўнгги 40 йил ичида "кўкаламзорлаштириш" майдони 10 баробар ошганини айтмоқда

Ertalabdan Isroilga yuzlab raketalar tashlandi

Ливандан Исроилнинг шимолий ҳудудларига 70 га яқин ракета учирилди.

Qozog‘iston shimoli odamlarsiz qolishi mumkin

Бу ҳақда эксперт Қозоғистон агротехника тадқиқот университетида ўтказилган анжуманда айтиб ўтди.

Koreys askarlari rus formasini kiydi... Endi frontga!

Шимолий Корея армияси аскарлари Украина фронтига жўнаб кетиш арафасида Россия ҳудудида машғулотлар ўтказмоқда. Интернетда кореялик ҳарбийлар акс этган видео пайдо бўлди.

"Real Madrid" Mbappe bilan shartnoma imzolaganidan afsusda

Ромаин Молина "Реал" Килиан Мбаппе трансферидан мамнун эмаслигини айтди.

Kanada: Hindiston «dahshatli xato» qildi

Ҳиндистон ҳукумати Канада хавфсизлиги ва суверенитетига шу қадар тажовузкорлик билан аралашиши мумкин деб ўйлаб, даҳшатли хатога йўл қўйди.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi 9 oydan so‘ng yana mashg‘ulotlarga qaytdi (foto)

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Таиланднинг «Патум Юнайтед» клуби ҳужумчиси Игорь Сергеев январь ойида Осиё кубоги доирасидаги Австралия билан 3-тур ўйинида (1:1) тиззасидан жиддий жароҳат олиб сафдан чиққан эди.

Dunyodagi eng keksa timsoh — 1900-yildan beri tirik va 10 000 dan ortiq naslning otasi bilan tanishing

Нил тимсоҳлари Африканинг энг даҳшатли йиртқичларидан бири бўлиб, ўзининг улкан ҳажми, кучи ва яширинлиги билан машҳур.

Bugundan respublikamiz hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda

Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.

Rossiya O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Бу ҳақда Россия ОАВсида хабарлар тарқалди.

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

Afg‘oniston: Biz 2 imperiyani yo‘q qildik, keyingisi – AQSh

"СССР Афғонистонга кирганида уларнинг империяси парчаланиб, Россияга айланди".

Livandan uchirilgan dron millionlab isroilliklar orasida vahima uyg‘otdi

Ливандан учирилган дрон Исроилда миллионлаб одамларнинг ваҳима ва паноҳ топишига сабаб бўлди.

Ukrainadagi mojaroda vaqt Rossiya foydasiga ishlamoqda

Бу ҳақда Швейцария Конфедерацияси разведка хизмати хабар берди.

Zelenskiy urushni tugatish yo‘lidagi birinchi qadamni aytdi

Россиянинг музокараларга очиқлиги "биринчи навбатда АҚШдаги сайловларга боғлиқ."

AQShning Suriyadagi bazasiga to‘rtta raketa zarbasi berildi

Бу ҳақда Al Mayadeen телеканали маълум қилди.

Anqarada terakt: jang davom etmoqda

Тирик қолган террорчилардан бири гаровга олинганларни ушлаб турибди.

Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Сунъий интеллект соҳасидаги этика бўйича тадқиқотлар ва ишланмаларни қўллаб-қувватлашга қаратилган Беруний номидаги ЮНEСКО–Ўзбекистон халқаро мукофоти таъсис этилди.

Turkiya ommaviy axborot vositalari Anqaradagi terakt haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar uchun jazolanadi

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Lukashenkoning aytishicha, Ukraina hukumati Rossiya bilan yadroviy mojaro bo‘lishini xohlaydi

Украина ҳукумати Россия иштирокида ядровий можаро бошламоқчи. Бундай фикрни Беларус президенти Александр Лукашенко билдирди, дея хабар беради «ТАСС» .

Erdo‘g‘an Anqaradagi teraktda halok bo‘lganlar va yaralanganlar sonini aytdi

Анқарада содир этилган теракт оқибатида 4 киши ҳалок бўлди, яна 14 киши яраланди. Бу ҳақда Туркия президенти Ражаб Эрдўғон маълум қилди , деб ёзади «Интерфакс» .

«Kannabis» yetishtirayotgan fuqaroning xonadonidan «marixuana» ham chiqdi

Ўз истеъмоли учун «каннабис» етиштирган фуқаронинг хонадонидан «марихуана» ҳам топилди.

Lukashenko 2025 yilgi saylovda ishtiroki bo‘yicha javob berdi

Беларус президенти Александр Лукашенко 2025 йилда бўлиб ўтадиган президентлик сайловларида қатнашишини айтди, деб ёзади «ТАСС».

Rossiya Ukraina sharqida front chizig‘i bo‘ylab o‘nlab hujumlar uyushtirdi

Воқеалар «тезлик билан ривожланмоқда».

Shimoliy Koreyaning Rossiyaga yordami haqida nima bilamiz?

Декабрга қадар Россияга 10 мингга яқин киши жўнатилиши кутилмоқда.

Germaniya Shimoliy Koreya diplomatini Ukraina yuzasidan chaqirdi

Германия Ташқи ишлар вазирлиги Шимолий Корея қўшинларининг Украинага киритилиши ҳақидаги хабарлар юзасидан Пхеняннинг Берлиндаги бош дипломатини чақирди.

Bosqinchilar “Al-Auda” kasalxonasini to‘liq to‘sib, barcha tirik mavjudotni o‘qqa tutdi

Шимолий Ғазо қамалининг 19-куни. Байт-Лахияни тарк этишга муваффақ бўлган гувоҳлар йўллар бўйлаб ётган тинч аҳолининг кўп сонли жасадлари ётгани ва эркаклар оммавий ҳибсга олингани ҳақида хабар беришди.

Putin BRICS sammitida ishtirok etish uchun kelgan deyarli barcha yetakchilar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazdi

Ушаковнинг сўзларига кўра, кечки овқат давомида раҳбарлар...

Isroil bombardimoni bolalarni vaksinasiz qoldirdi

Исроил ҳужумлари туфайли Ғазода полиомиелитга қарши эмлаш тўхтатилди.

Turkiyaning Gebze shahrida tabiiy gaz portladi

Фавқулодда ҳодиса натижасида етти киши жабрланди, улардан уч нафарининг аҳволи оғир.

Ozarbayjonda neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Ҳозирда алангани вертолётлар ёрдамида ўчиришмоқда, ишчилар эса эвакуация қилинган.

Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi dunyodagi eng shafqatsiz bo‘linmalardan birini yubordi

Жанубий Корея разведкаси NIS КХДР Украинадаги урушга қайси аскарларини юборгани ҳақида маълумот берди.

G‘azo taraqqiyoti necha yil orqaga qaytarilgani ma’lum bo‘ldi

UNDP Фаластин ҳудудидаги қашшоқлик даражаси жорий йилда деярли икки бараварга ошиб, 74,3 фоизга етишини билдирмоқда.

Pxenyan o‘z askarlarining Ukrainaga yuborilayotganiga izoh berdi

Бу Пхеняннинг Россияга ҳарбий хизматчиларни юбориш ҳақидаги биринчи расмий изоҳидир.

Ukraina qo‘shinlari chekinmoqda

Украина қўшинлари Украинанинг Донетск вилоятидаги Курахово қишлоғининг шарқий чеккасида биринчи позицияларини тарк этди.

Farg‘onadagi YTHda er-xotin vafot etdi

Бу ҳақда “Замон” дастурида хабар берилди.

Putin AQShdan kelgan qochqinga fuqarolik berdi

Тегишли фармон Россия қонун ҳужжатларини нашр этиш порталида эълон қилинди .