Emomali Rahmon SHHT sammitida qatnashish uchun Samarqandga tashrif buyurdi
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 15 sentyabr kuni Samarqand shahriga keldi. Bu haqda O‘ZA xabar berdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Sammitda Tojikiston delegasiyasi SHHTga a’zo boshqa davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va mintaqaviy xavfsizlik kabi mavzulardagi muhokamalarda qatnashadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)