Emlanmagan sayyohlar Eyfel minorasiga kiritilmaydi

Emlanmagan sayyohlar Eyfel minorasiga kiritilmaydi

Parijda Fransiyaning asosiy ramzi tashrif buyuruvchilarga cheklovlar qo‘ydi. Eyfel minorasiga faqat koronavirusga qarshi emlangan odamlar kirishi mumkin. Minora bugundan tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.

«Biz eski binoni did va ehtiyotkorlik bilan uyg‘otishga tayyorlanmoqdamiz, chunki u 250 kun yopiq bo‘lib, bamisoli uxlagandek jim edi», - deydi minora operatori yetakchisi Jan-Fransua Martin.

20 iyulgacha Eyfel minorasi jamoatchilik uchun ochiq bo‘ladi, ammo 21 iyuldan koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolarning kirishi taqiqlanadi.

Bundan tashqari, ijtimoiy masofani saqlash uchun tashrif buyuruvchilar soni kuniga 10 ming kishiga cheklangan. Martinning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda bunday cheklovlar Fransiyadagi barcha diqqatga sazovor joylar uchun odatiy holga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!