Elizaveta II birinchi marta shaxsiy samolyotsiz qoldi

Elizaveta II birinchi marta shaxsiy samolyotsiz qoldi

Qirolicha Yelizaveta II ning rasmiy samolyotlar parki mudofaa xarajatlarini qisqartirish doirasida sotiladi. Shunday qilib, qirolicha va qirollik oilasining boshqa a’zolari shaxsiy samolyotlarsiz qoladi, deb yozadi  The Telegraph.

Qayd etilishicha, kelasi yilda to‘rtta BAE-146 samolyoti Harbiy havo kuchlari tarkibidan chiqariladi. Qirolicha o‘z hukmronligi davrida birinchi marta shaxsiy samolyotsiz qoladi. Katta ehtimol bilan Yelizaveta II bosh vazir Boris Jonsonning yaqinda modernizasiya qilingan RAF Voyager samolyotidan foydalanadi.

Avvalroq ushbu samolyot havoda yonilg‘i quyadigan samolyot sifatida ishlatilgan bo‘lsa, 2016 yilda modernizasiya qilingandan so‘ng mamlakat rahbariyati tomonidan foydalanishga topshirilgan. Xususan, bortda ofis jihozlangan, 60 ga yaqin biznes-klass o‘rindiqlari, shuningdek, 100 ta ekonom-klass o‘rindiqlari o‘rnatilgan. Bundan tashqari, samolyot raketaga qarshi tizim bilan jihozlangan.

Daily Mail’ning yozishicha, BAE-146 London g‘arbida joylashgan Buyuk Britaniya harbiy havo kuchlarining 32-eskadrilyasiga biriktirilgan. Aviaparkda, shuningdek, qirolicha foydalanishda davom etadigan AW-109 vertolyoti mavjud.

The Telegraph’da qayd etilishicha, BAE-146 samolyotlari qirollik oilasi tomonidan 1990 yillarning o‘rtalaridan beri foydalanib kelingan. Ushbu turdagi samolyotlar Britaniyaning British Aerospace kompaniyasi tomonidan 2001 yilgacha ishlab chiqarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!