Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib, davlatga katta miqdorda zarar keltirganlar ushlandi

Elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib, davlatga katta miqdorda zarar keltirganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda “K.D.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar “Sultonobod” MFY hududida joylashgan ushbu MCHJga qarashli savdoni tashkil qilish uchun maydonlarini ijaraga berish faoliyatini amalga oshirish davomida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasiga qasddan tashqi ta’sir ko‘rsatib, jami 269 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi, IIB va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro J.P. “Oqtepa” mahallasidagi ekin yer maydonida elektr suv nasosni umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulab, jami 227,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Rishton tumani va Marg‘ilon shahri bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “B-M.” fermer xo‘jaligi va “M.M.” xususiy korxonasi rahbarlari elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida 186,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!