Elektr stuli 130 yoshda. Uning birinchi "mijozi"kim edi?

Elektr stuli 130 yoshda. Uning birinchi "mijozi"kim edi?

Elektr stuldagi qatl - AQShda o‘lim jazosini ijro etish usullaridan biri sanaladi. Bugungi kunda bu usul unchalik ommabop emas, biroq bir asrdan ortiq tarixi davomida bu stulda 4 mingdan ortiq odam o‘tirgan.

Elektr stulidan foydalanish amaliyoti 1890 yil 6 avgustda boshlangan.

Birinchi qatl Nyu-York shtatining Obern shahrida bo‘lib o‘tdi. Uilyam Kemmler mast holda o‘z mash’uqasini bolta bilan chopib tashlagani uchun qatl etildi. Qatlga 17 ta guvoh chaqirildi, ular orasida The New York Times muxbiri ham bor edi.

Birinchi urinish muvaffaqiyatsiz kechdi. Kuchlanish ostida o‘n yetti soniyadan keyin ham mahkum tirik edi. Ikkinchi razzryadni kuchliroq, 200 ming volt kuchlanishda berishga qaror qilishdi, ammo bu uchun vaqt talab etilardi. Ikkinchi safar, Kemmler bir daqiqadan ko‘proq vaqt davomida kuchlanish ostida bo‘ldi. Xona odamning kuygan go‘shti hidiga to‘lganidan keyingina qatlni to‘xtatishga qaror qilishdi. Shifokorlar o‘lim holatini qayd etishdi. Jurnalist bu usul osishdan ko‘ra insonparvarroq ekanidan shubhalanib qoldi.

O‘sha vaqtdan beri qatlning o‘z tarafdorlari va qarshilari paydo bo‘ldi. Birinchi tarafdorlar orasida, o‘lim holatini kayd qilgan shifokorlar bor edi, axir Kemmler kameraga kirganidan to uning vafotigacha atigi sakkiz daqiqadan sal ziyod vaqt o‘tdi, osish esa odatda yarim soatcha davom etadi.

Bugungi kunda elektr stuldan foydalangan holda qatl jazosi faqat oltita shtatda: Alabama, Florida, Janubiy Karolina, Kentukki, Tennessi va Virdjiniyada qo‘llaniladi. Ammo bu shtatlarda ham mahkumlar elektr stuldagi qatlni inson hayotiga nuqta qo‘yishning yana bir "insoniy" usuli - o‘lim in’eksiyasi bilan almashtirish huquqiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!