Eldor Shomurodovning yangi jamoasi nomi ma’lum bo‘ldi

Eldor Shomurodovning yangi jamoasi nomi ma’lum bo‘ldi

"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Italiyaning boshqa jamoasi — "Bolonya"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Insayder Janluka di Marsio tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar o‘zbekistonlik futbolchining ijarasi borasida kelishuvga erishishgan. "Bolonya" kelasi mavsumda Shomurodovning transferini to‘liq sotib olish majburiyatini o‘z zimmasiga olishadi. Hozirda klublar transferning summasi qancha bo‘lishi haqidagi masalaga oydinlik kiritib olishlari kerak.

Eldor Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida A seriya doirasida 28ta o‘yinda ishtirok etib, 3 gol va 4 assist muallifiga aylandi. U joriy mavsumda jamoaning asosiy tarkibiga kirish uchun harakat qilayotgandi. Ammo "Roma" Paulo Dibala bilan shartnoma imzolagach, Shomurodovda boshqa jamoaga o‘tishdan boshqa variant qolmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!